Mustaqillik darslari

2-sentyabr kuni "Xorijiy tillar pedagogika va psixologiya" kafedrsida xam mustaqillik darslari bo'lib o'tdi. Kafedra o'qituvchilari O'zbekistonning 24 yillik mustaqil taraqqiyoti yo'lida turli soxalarda qo'lga kiritilgan yutuq va natijalari to'g'risida talabalarga atroflicha ma'lumotlar berdilar. taqdimotda bugungi va ertangi xayotimizning eng ustuvor yo'nalishlarini o'zida mujassam etgan, mamlakatimiz va xalqimizning kelajagi, uning ravnaqini belgilab beradigan I.Karimovning "Ona yurtimiz baxt iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir" nomli kitobi asos qilib olindi. Kelajak avlodimizning sog'lom va barkamol ulg'ayishlari uchun ko'rsatilyotgan g'amxo'rlik, kelajakda xar jixatdan kamolotga erishgan, sog'lom fikrli va zamonaviy avlodning yuzaga kelishi uchun zamin yaratilganligi xaqida ma'ruzani katta qiziqish bilan qa'bul qildilar.