PRESS-RELIZ

2016-yil 19-aprel kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti majlislar zalida “Pedagogik turkum fanlar rivojlanishi istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi. Mazkur tadbir ToshPTI “Xorijiy tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi” tomonidan tashkil etilib, unda O’zbekiston Davlat jaxon tillari universiteti yetuk olim va mitaxassislari o’z maruza va interfaol chiqishlarida zamonaviy pedagogikaning dolzarb yo’nalishdagi masalalar xaqida o’z fikrlarini bildirdilar. Ilmiy-amaliy seminarning asosiy maqsadi tibbiyot sohasidagi bo’lajak mutaxassislarning chet tillari bo’yicha kompetentsiyalarini shakllantirish, ularning pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali usullari haqida chuqur bilimlarga ega bo’lishi, talaba va o’qituvchi o’rtasidagi ijobiy pedagogik muxitini shakillantirishni yanada takomillashtirishdir. Tadbir ijobiy ruxda o’tib, unda ishtirokchilarning zamonaviy ta’limning dolzarb muammolari haqida fikr bildirishni va yangi ma’lumotlarga ega bo’lishiga qaratilgan qizg’in bahs va munozaralar o’z ifodasini topdi.