Ma`naviyat va ma'rifat ishlari

O’quv yili davomida kursda ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari kafedrada tasdiqlangan ish reja asosida olib boriladi. Unga asosan muntazam ravishda talabalar bilan tarbiyaviy mavzularda davra suhbatlari, turli xil uchrashuv-muloqotlar, bayram tadbirlari, hayriya tadbirlari, seminar-treninglar, sayohat va ekskursiyalar tashkil etiladi, video va kinofilmlar namoyishi bo’lib o’tadi. Tadbirlar turli mavzularni, jumladan, “Mustaqil O’zbekistonning baxtli farzandiman”, "Tibbiyot instituti talabasining kasb madaniyati", “O’zbekiston bunyodkorlik yo’lida”, “Yurtim taraqqiyotida mening hissam”, “Siyosiy-huquqiy bilim va madaniyatimizni shakllantiramiz”, “Kiyinish madaniyati”, “Talabaning ma’naviy qiyofasi”, “Odob-axloq qoidalari”, “Zararli odatlarga qarshi kurashamiz”, “Sog’lom turmush tarzi – shiorimizdir”, “Diniy oqimlar, ularning asl maqsadlari va g’oyalari”, “Diniy ekstremizm va fundamentalizm hamda uning zararli oqibatlari”, “Ogohlik va hushyorlikka da’vat”, "Ajdodlarimizning boy ma'naviy-ilmiy merosini o'rganamiz", "Jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish" kabi mavzularni, tarixiy muhim sanalarni nishonlashni o’z ichiga oladi. Kursda ma’naviyat burchagi mavjud bo’lib, u muntazam ravishda kitoblar, plakat, banner va disklar kabi ko’rgazmali targ’ibot vositalari bilan boyitib boriladi. Shu bilan birga o’quv yili davomida “Prezident asarlarini o’rganish”ga mo’ljallangan hamda mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarimiz, O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy islohotlar bo’yicha maxsus kurslar o’qitiladi. Kurs o'qituvchilari institutning jamoat ishlarida, turli tadbirlarda va sport musobaqalarida faol qatnashadilar. Barcha o’qituvchilar murabbiylik guruhlariga ega bo'lib, yillik reja asosida talabalar bilan ustoz-murabbiylik faoliyatini olib boradilar. Har oyda 2 marta guruhlarda "Axborot soati" o'tkaziladi, talabalar bilan teatr, kino, muzey va O'zbekistonning turli diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtiriladi.