Kurs tarixi

 ToshPTIning Pedagogika va psixologiya kafedrasi 1999 yilda tashkil topgan. Unga 1999-2002 yillarda dots. Isxakov Vyacheslav Pinxasovich (Psixoterapiya, tibbiy psixologiya, pedagogika va psixologiya kafedrasi), 2002-2004 yillarda Axmedova Dilbar Abidovna (Pedagogika va psixologiya kafedrasi), 2004-2008 yillarda dots. Turdiyeva Kavsar Sheralievna (O'zbek, rus, lotin tillari, pedagogika va psixologiya kafedrasi), 2008-2011 yillarda prof. Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna (Jamoat salomatligi, SSTB, pedagogika va psixologiya kafedrasi) mudirlik qilishgan. 2011 o’quv yilidan boshlab, Chet tillar kafedrasi tasarrufida faoliyat ko’rsatmoqda va birlashgan “Chet tillar, pedagogika va psixologiya” kafedrasiga 2011-2015 yy. Kamilova Maktuba Shamuradovna mudirlik qilgan. 2014 yil oktabr oyidan kafedra mudiri - Buranova Dilavruz Djamaldinovna, 2016 yil sentabr oyidan kurs bo‘yicha ma’sul - dotsent Shoyimova Shoxista Sanaqulovna. Kurs tarkibida Atabekova N.F., Axmedova G.M., Shukurova M.A., Parpixodjayeva Z.M., Akbarova S.N. ishlashgan. Hozirgi kunda kurs xodimlari quyidagi tarkibda faoliyat ko’rsatmoqdalar: p.f.n., dotsent Akramova L.Yu., p.f.n., dotsent Usta-Azizova D.A., ps.f.n., dotsent Shoyimova Sh.S., katta o’qituvchilar: Mirzaeva N.A. va Mirzaeva Sh.R.