Kurs haqida

Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti OO’MTV 1999 yil 2 sentyabrdagi 255 raqamli Oliy ta’lim tizimida namunaviy o’quv rejalardagi gumanitar va ijtimoiy–iqtisodiy fanlar blokini o’quv jarayoniga tatbiq etish to’g'risidagi buyruqni bajarish maqsadida “Birinchi blokdagi talabalar tanlab o’qiydigan fanlar qatoriga kiritilgan "Pedagogika va psixologiya" fani Respublikadagi barcha universitetlarda asosiy fanlar qatoriga kiritilib o’qitilsin va dars soatlari, mashg'ulot turlari, nazorat shakllari, reyting – ball ko’rsatkichlari asosiy fanlar uchun belgilangan tartibda amalga oshirilsin va "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi tashkil etilsin” buyrug'iga binoan "Psixoterapiya, psixogigiyena va psixoprofilaktika" kafedrasi tarkibida tashkil etildi. Keyinchalik "Pedagogika va psixologiya" kursi "O'zbek, rus va lotin tillari" kafedrasida, "Jamoat salomatligi, sog'liqni saqlashni tashkil qilish va boshqarish" kafedrasida faoliyat ko'rsatdi. Hozirda "Chet tillar" kafedrasi tarkibida kurs sifatida ish olib bormoqda.