Pedagogika va psixologiya kursi Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti asosiy binosining 3-qavatida joylashgan. Kursda quyidagi fanlar o‘qitiladi:
- Pedagogika va psixologiya (1, 2-kurs Tibbiy pedagogika fakulteti, 2 kurs Pediatriya va Davolash ishi fakultetlari, 1-kurs Tibbiy-biologik ish fakulteti, 1-kurs Oliy hamshiralik ishi fakulteti)
- Kasbiy psixologiya (2-kurs Tibbiy pedagogika fakulteti, 3-kurs Oliy hamshiralik ishi fakulteti)
- Kasbiy pedagogika (3-kurs Tibbiy pedagogika fakulteti, 3-kurs Oliy hamshiralik ishi fakulteti)
- Ta'lim texnologiyalari (5-kurs Tibbiy pedagogika fakulteti)
- Kasbiy ta’lim metodikasi (6-kurs Tibbiy pedagogika fakulteti, 3-kurs Oliy hamshiralik ishi fakulteti)
- Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar .
Barcha fanlar bo‘yicha o'qituvchilar tomonidan o'quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan. Reja asosida ochiq va o‘zaro darslar o‘tkazilmoqda. Muntazam ravishda fanlar bo’yicha ma'ruzalar, tarqatma materiallar, yangi avlod testlari, vaziyatli masalalar, prezentastiya va multimediyalar yangilanadi, interaktiv usullarni qo‘llashning yangi yondoshuvlari ishlab chiqilmoqda. Kursda videoproyektor, televizor, DVD, kompyuter kabi o‘qitishning texnik vositalari mavjud. Kurs o'qituvchilari o'z vaqtida malaka oshirish kurslarida muvaffaqiyatli o'qib bormoqdalar.