Ma`naviyat va marifat ishlari
2018-2019 o‘quv yili boshida institutning 30.08.2018 yildagi № 588 buyrug‘iga binoan anatomiya kursi o‘qituvchilari II-pediatriya fakultetining 205, 206, 207, 208, 209, 210, 211, 212 guruhlariga murabbiy etib tayinlandi. Murabbiylarimiz, murabbiylar kengashi tomonidan ishlab chiqilgan hamda ToshPTI ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari prorektori Axmedova M.A tomonidan tasdiqlangan reja asosida ish boshlashdi. Reja asosida murabbiylarimiz viloyatlardan kelgan talabalar bilan ishlamoqda. Hozirda ijarada, qarindoshinikida, o‘z uyida va TTJda yashovchi talabalarni aniqlashmoqda. Undan tashqari 5-shaklni yangilash ishlari olib borilyapti.