Primova Gulra’no Abdumannopovna
Primova Gulra’no Abdumannopovna 1976 yilda tug’ilgan. 2000 yilda Toshkent Pediatriya Tibbiyot institutini tamomladi. 2002yil sentabr oyidan ToshPTI Odam anatomiyasi kafedrasida assistent lavozimida, 2013 yil sentabr oyidan katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. “Qandli diabetda oyoq qon-tomirlarida bo’ladigan o’zgarishlar” mavzusida ilmiy ishga doir adabiyotlar bilan tanishmoqda. Shu kungacha bir nechta tezis va maqolalar muallifi, ilmiy ishi mavzusi bo’yicha maqola va tezislar tayyorlamoqda. Kafedrada o’quv ishlariga mas’ul.
Ibroximova Lobar Ibroximovna
1984 yil 16 sentyabrda tug'ilgan. 2008 yilda TMAni tamomlagan va 2009 yilda magistratura bo'limiga o'qishga kirgan. 2011 yil tugatgandan keyin kafedrada assistent lavozimida ishladi. Hozirgi vaqtda u ToshPTIning “Odam anatomiyasi” kafedrasida assistent.
Rasulov Hamidulla Abdullaevich
1998 yilda Toshkent Pediatriya Tibbiyot institutini tugatgan. 2009-2012 yillarda "Odam anatomiyasi, gistologiya, tsitologiya va embriologiya" kafedrasi mudiri bo`lgan. SHu kunga kelib 2 ta monografiya, 3 ta darslik, 4 ta o`quv qo`llanma, 4 ta o`quv uslubiy qo`llanma va 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.
Ahmedov Akmal G'aniyevich
Axmedov Akmal G’anievich 1965 yilda Toshkent Davlat Meditsina institutining \"Pediatriya\" fakul\'tetiga o`qishga kirib 1971 yilda uni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Taqsimot Komissiyasining qarori bilan ToshDavMI \"Odam anatomiyasi\" kafedrasi shogirt- tadqiqotchi lavozimiga ishga olingan. 1972 yil SAMPI ochilishi munosabati bilan professor X.Z. boshchiligidagi guruh tarkibiga SAMPIga o`tkazilgan va 1973 yildan boshlab assistent lavozimida ishlay boshlagan. 1978 yilda Toshkent shahrida \"Vozrastnie izmeneniya organnix ven jeludka, dvenadtsatiperstnoy kishki i podjeludochnoy jelezi\" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1979 -1981 yillarda SAMPI talabalari kasaba uyushmasi raisi lavozimida 1983-1989 yillar kurs dekani lavozimida ishlagan. 1999-2004 yillar davomida o`qituvchilar malakasini oshirish bo`limi boshlig’i. 2006-2008 yillarda yangi o`quv pedagogik texnologiyalar bo`limi boshlig’i. 2002-2009 yil aprel oyigacha ToshPTI \"Odam anatomiyasi\" kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. 2 darslik, 6 o`quv qo`llanma, 25 o`quv uslubiy ko`rsatmalar va 70 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. 2ta darslik va 4 o`quv qo`llanmasi O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim va \"Iste`dod jamg’armasining\" diplomlari bilan taqdirlangan.
Sheraliyev Qambarali Saydaliyevich
Sheraliyev Qambarali Saydaliyevich 14 dekabr 1953 yilda tug’ilgan. 1980 yili ToshPTI ni tugatib, gistalogiya kafedrasida izlanuvchi-tadqiqotchi, 1982-1985 yillarda esa shu kafedrada aspiranturada o’qidi. Hozirda tibbiyot fanlari nomzodi, katta o’qituvchi. 25 ta ilmiy maqola muallifi. 1ta ixtirochi patenti muallifi. Ilmiy izlanishlari yo’nalishi “Jigar hastaliklari”
Eshonqulova Baxriniso Do'stmurodovna
1992 yilda Toshkent Pediatriya Tibbiyot institutiga o‘qishga kirib, 1998 yilda institutni muvaffaqiyatli tugatgan. 2005 yildan hozirgacha Odam anatomiyasi kafedrasi assistenti. SHu kunga kelib 20 ta maqola, 1ta ratsionalizatorlik taklifi va 30 dan ortiq tezislar muallifi.
Isayeva Nilufar Zubidullayevna
1972 yilda tug’ilgan. 1996 yilda Toshkent Pediatriya Tibbiyot institutini tamomladi.2005 yil sentabr oyidan ToshPTI Odam anatomiyasi kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda. Kafedrada murabbiylik ishlariga mas’ul
Hidirova Gulnoza Ozodovna
1998 yilda Toshkent Pediatriya Tibbiyot institutiga o‘qishga kirib, 2005-yilda institutni muvaffaqiyatli tugatgan. 2013-2015-yillari magistraturaning “Morfologiya” yo‘nalishini bitirib kafedraning assistenti vazifasida faoliyat yuritib kelmokda. Shu kunga kelib 15 ta maqola, 10 ta tezislar muallifi. Hozirda ilmiy ishini davom ettirib o’z ustida ishlab kelmokda.