Ijtimoiy gigiena va Umumiy gigiena, bolalar va o’smirlar gigienasi kafedralari 1972 yilda tashkil etilgan. O’sha davrda «Umumiy gigiena, bolalar va usmirlar gigienasi” kafedrasiga professor S.S.Solixo’jaev, “Ijtimoiy gigiena”kafedrasiga esa professor T.A.Aripova rahbarlik qilgan. 1986 yildan boshlab «Ijtimoiy gigiena” kafedrasiga professor N.M.Maxmudova raxbarlik qila boshglaganlar. 1997 yilda bu ikki kafedralar birlashtirildi va “Gigiena, ijtimoiy gigiena va soglikni saklashni tashkillashtirish” deb nomlana boshladi. 1997 yildan 2000 yilga qadar kafedraga professor N.M.Maxmudova rahbarlik qilib keldilar. 2000 yildan hozirgi davrda professor Sh.T.Iskandarova rahbarlik qilib kelmoqdalar. Hozirgi vaqtda kafedra “Jamoat salomatligi, soғliqni saqlashni tashkil qilish va boshqarish” deb nomlanadi. Kafedrada professorlar Sh.T.Iskandarova, N.M.Maxmudova, dostentlar: M.F.Fayzieva, M.I.Xasanova, N.F.Rasulova, N.S.Muhamedova, S.K.Nazarova, D.N.Kamilova: katta o’qit:t. f.n.B.M.Eshdavlatov, t.f.n.G.A.Djalilova, Z.I.Otashexov, assistentlar: t.f.n.Z.A.Abduraximov, M.A.Odilova, N.A.Mahsudova, G.B.Mamedova, Z.R.Sattarova, D.D.Mirdadaeva, N.B.Nazarovalar, E.C.Isayev va A.A.Akbarhodjayev va doktorant Sh.A.Djamalova faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. Kafedrada pediatriya, tibbiy-pedagogika va davolash ishi fakulteti talabalari 3 kursda «Umumiy gigiena, bolalar va o’smirlar gigienasi» va «Jamoat salomatligi, soғliqni saqlashni tashkillashtirish» fanini o’zlashtiradilar. Shuningdek, 7 kurs talabalari kafedrada “Jamoat salomatligi, soғliqni saqlashni tashkillashtirish”, “Soғliqni saqlash tizimida marketing va menejment”, \"Valeologiya” va “Gigiena ekolodiya bilan” fanlarini o’qiydilar. Kafedrada oliy hamshiralik ishi yo’nalishidagi talabalari 1 kursda “Inson taraqqiyoti”, “Jamoada hamshiralik ishi”, 2 kursda «Tibbiy va farmastevtika maxsulotshunoslik”, «Klinik epidemiologiya”, 3 kursda «Hamshiralik ishida boshqaruv», «Ilmiy tadqiqot asoslari», “Soғlik va kasallik sostiologiyasi” va “Soғliqni saqlashning xuquqiy asoslari” fanlarini o’zlashtiradilar. Оliy toifali hamshira fakulteti talabalari 3 kursda tanlab o\'qiydigan fan-\"Hamshiralik ishida boshqaruv\" fanidan amaliyotni sog\'liqni saqlash muassasalarida o\'taydilar. Bundan tashqari kafedrada magistraturaning barcha 2 kurs talabalari “Soғliqni saqlash tizimida menejment” fanlarini o’zlashtiradilar. Kafedra xodimlari, aspirantlar va izlanuvchilar Vrachlar malakasini oshirish instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Sanitariya va kasb kasalliklari Ilmiyғtekshirish institutlari va boshqa shu kabi muassasalar bilan aktiv hamkorlik qiladilar. Kafedra xodimlari jamoat salomatligi, soғliqni saqlashni tashkil qilish, marketing va menejment, umumiy gigiena, bolalar va o’smirlar gigienasi kabi fanlaridan uslubiy qo’llanmalar, o’quv qo’llanmalar va darsliklar yaratishda aktiv ishtirok etib kelmoqdalar. Hozirgi davrga qadar 10 ta darslik, 28 ta uslubiy va o’quv qo’llanmalar, 1 ta tibbiyot terminologiyasi bo’yicha luғat va bir qancha uslubiy ko’rsatmalar nashr qilingan. Kafedra xodimlari shu kabi xalqaro yiғilishlarda, institut va respublika konferenstiyalarida, kongress va simpoziumlarda aktiv ishtirok etib kelmoqdalar. Hozirga qadar ular tomonidan 300 tadan ziyod tezislar, 60 ta maqla va 6 ta monografiyalar chop etilgan.