O`quv va o`quv-metodik ishlari

O'quv -pedagogik faoliyat

Jamoat salomatligi va  sog’liqni saqlashni  boshqarish kafedrasida 2018-2019 o'quv yilidapediatriya, tibbiy pedagogika, davolash ishi, oliy xamshiralik ishi va magistratura talabalari quyidagi fanlar asosida; • 1 kurs  pediatriya, tibbiy pedagogika, davolash ishi fakulteti talabalari - Tibbiyot tarihi; 2 kurs  pediatriya, tibbiy pedagogika, davolash ishi fakulteti talabalari - Jamoat salomatligi;  3 kurs pediatriya fakulteti talabalari Umumiy gigiena va ekologiya,  • 3 kurs tibbiy-pedagogika va davolash ishi fakulteti talabalari - Gigiena ekologiya  bilan, Ijtimoiy tibbiyot va jamoat salomatligihni tashkil qilish fanidan; • 6 kurs pediatriya fakulteti talabalari Jamoat salomatligi, sogliqni saqlashni tashkil qilish va Valeologiya,  • 6 kurs tibbiy pedagogika fakulteti talabalari  Sogliqni saqlashni tashkillashtirish,  Gigiena ekologiya  bilan fanlari; • Magistratura  2 kurs rezidentlari menejment fanidan, • Oliy toifali xamshiralar yil davomida 1 kurs – Jamoada xamshiralik ishi, Klinik epidemiologiya va Valeologiya, 2 – kursda Xamshiralik ishida boshkaruv,  tibbiy farmatsevtika, 3-kursda  - Xamshiralikda ilmiy tadqiqot asoslari, Sog'liq va kasallik sostiologiyasi, Dalillarga asoslangan tibbiyot fanlaridan ta'lim oladilar.

Kafedrada 2018-2019 o'quv yilida 20,0 shtat birligi mavjud, shulardan: • Kafedra mudiri – 1 • Dotsent -4 • Katta o'qituvchi – 2 • Assistent – 13 Kafedra xodimlari tomonidan xozirgi kunga qadar barcha fanlar bo'yicha o'quv-uslubiy majmualar yaratildi, o'quv ishchi dasturlar, tarqatma materiallar, ma'ruzalar matnlari, ta'lim texnologiyalar ishlab chiqildi. Kafedrada amaliy mashg’ulotlar zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalardan: «Pole Chudes», «Derevo znaniy», «Matbuot konferentsiyasi” va turli grafik organayzerlar, o'quv loyixa, keyslar asosida olib boriladi. Kafedrada bir qancha tematik xonalar mavjud, shuningdek talabalar uchun kompyuter xonasi tashkil ztilgan. Kafedraning texnikaviy ta'minlanganligi: 12 kompyuter, 5-televizor, 2-printer, 2-proektor.

Kafedrada yaratilgan barcha fanlar bo'yicha o'quv-uslubiy majmualarning elektron versiyasi yaratildi. Amaliy mashg'ulotlar uchun yangi taqdimotlar ishlab chiqilgan, ma'ruzalar yangi materiallar bilan yangilangan. Xorijiy mualliflar adabiyotlari darsliklarning adabiyotlar ro'yhatiga kiritildi.