Kurs haqida

“Topografik anatomiya va operativ xirurgiya asoslari” fani haqida. “Topografik anatomiya va operativ xirurgiya asoslari” fani 2 ta bir-biri bilan uzviy bog’langan qismdan iborat: 1. Topografik anatomiya - odam a’zolarining joylashuvi, qo’shnigarchiligi, skeletga, qon tomir- nervlarga munosabatini o’rgatadi. 2. Operativ xirurgiya esa topografiyaga asoslanib, qavatma-qavat kesim, operatsiya usullari va bosqichlarini o’rgatadi. Bu ikkita chambarchas bog’langan fan umumiy amaliyot vrachi tayyorlashda muhim ro’l o’ynaydi, amaliyot va nazariyani bog’lab turadi. Bu fan odam organizmini, tanani, a’zolarni va hayot-mamot qon tomir-nervlarini yoshga qarab, klinika bilan bog’lab o’rgatadi. “Topografik anatomiya va operativ xirurgiya asoslari” fani odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gistologiya fanlari bilan, terapiya hamda umumiy xirurgiya fanlari bilan bog’langan va asoslangan holda o’tilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu fanni yaratilishi va rivojlanishida rus olimi N.I. Pirogovning (1810-1881y.) xizmatlari buyukdir. N.I. Pirogov muzlatilgan murdalarda 3 ta sath bo’yicha kesimlar o’tqazib, a’zo va tomir-nervlarning o’zaro joylashuvini rangli ko’rinishda albomlar sifatida yaratdi. Buning asosida vrach (jarroh) qayerdan kesib borsa qon tomir yoki a’zoga tez yetib boradi kabi qator savollarga javob topib, so’ngra operatsiyaga kirishadi. N.I. Pirogovning rangli albom atlaslari shuning uchun ham bizning davrimizda ham nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Bu fan pediatriya va davolash fakultetlari talabalariga amaliyot va maxsus ma’ruzalar orqali, zamonaviy texnologiya usullari vositasida bo’lg’usi shifokorlar ongiga yetqaziladi, bo’lg’usi umumiy amaliyot vrachlarini amaliyotga tayyorlaydi.