Kurs tarixi

Foto1  

Fiziologiya kafedrasi 1972-yilda tashkil qilingan. Kafedra ochilishining birinchi kunlaridan 1999-yilgacha Umid Zufarovich Qodirov (1934-1999) rahbarlik qilganlar. Umid Zufarovich Qodirov Toshkent Tibbiyot Institutini bitiruvchisi bo’lib, professor G.K. Shliginning shogirdlari (Rossiya Fanlar Akademiyasining Ovqatlanish instituti), 1970-yilda tibbiyot fanlari doktori (1970), professor, sog’liqni saqlash a’lochisi, MDH da yetakchi gastroenterolog va Toshkent Pediatriya Tibbiyot institutining Fiziologiya kafedrasi asoschisi. Kafedraning faoliyati birinchi bo’lib, Umid Zufarovich nomlari bilan bog’liq. U.Z. Qodirov boshchiligida kafedradan o’nlab hodimlar ishlab o’tib, ular orasidan ko’pgina tibbiyot fanlari doktorlari va nomzodlari yetishib chiqdi.  Hozirda ular TashPMI ning fiziologiya kafedrasida, boshqa kafedralarda va Respublikamizning boshqa oliy o’quv muassasalarida faoliyat ko’rsatib kelishmoqda. Kafedra ish faoliyatini boshlash bilan birgalikda, professor G. K. Shligin maktabi asosida  U.Z. Qodirov tomonidan fiziologiya ilmiy laboratoriyasi yaratildi. Bu laboratoriya turli davrlarda sobiq SSSR va Rossiyaning yetakchi fiziologiya maktablari bilan hamkorlikda ish olib borgan. Fiziologiya kafedrasi Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Normal Fiziologiya kafedrasi bilan doimiy hamkorlikda, shuningdek, TashPMI Nukus filliali Normal Fiziologiya kafedrasi faoliyatida yordam ko’rsatib kelmoqda. Kafedrada t.f.d.  Prof. O.M.Ryanskaya, t.f.n. dots. Y.A.Sherbakov, t.f.n. dots. G.I.Brusilov va boshqalar faoliyat ko’rsatganlar. Hozirda kafedramiz Farmakologiya kafedrasi bilrgalikda ish olib bormoqda.

Foto2