Farmakologiya kafedrasi
Farmakologiya kafedrasida 3-kurslarga Farmakologiya fani va 7-kurs talabalari uchun "Fitoo'simliklar resepturasi" yangi fani kiritildi. Dars berish jarayoni yangi texnologiya uslublari orqali beriladi (grafik organayzer, multimediya ma’ruza materiallari). Kafedra xodimlari farmakologiya fani bo’yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda o’quv-uslubiy tavsiyalar, o’quv qo’llanmalari va darsliklar yaratishda faol ishtirok etishmoqda. Hozirgi kunda ular tomonidan 15 ta o’quv-uslubiy qo’llanmalar, 5 ta darslik va o’quv qo’llanmalari nashr qilingan. O’qitish ko’rsatkichlari, professor o’qituvchilarning mavqei shakllandi, malakasi oshdi, yangi pedagogik texnologiyalar o’rganildi. 2014-2015 o'quv yilida 3-kurs talabalari uchun "Umumiy retseptura" o'quv qo'llanmasi nashrdan chiqdi. 7- kurs talabalari uchun "Fitoo'simliklar retsepturasi" fani bo'yicha yangi ta'lim texnologiyasi o'zbek va rus tilida tayorlandi. I-pediatriya fakultetida 145 ta talaba bo'lib yozgi test imtixonni topshirdi, umumiy o'zlashtirish koeffitsenti 98% ni tashkil qildi. II-pediatriya fakultetida 149 ta talaba bo'lib, umumiy o'zlashtirish koeffitsenti 97% ni tashkil qildi. Tibbiy pedagogika fakultetida 61 ta talaba bo'lib, umumiy o'zlashtirish koeffitsenti 91% ni tashkil qildi. Davolash ishi fakultetida 54 ta talaba bo'lib, umumiy o'zlashtirish koeffitsenti 96% ni tashkil qildi. Karaganda Milliy Davlat universiteti Farmakologiya kafedrasi mudiri, professor Jaugasheva S.K. 2016 yil 26 yanvarda ToshPTI ga tashrif buyurdilar. Farmakologiya kafedrasi xodimlariga "Qandli diabetni patogenezi va davolash" mavzusida ma'ruza qildilar. Professor Jaugasheva S.K. Karaganda Milliy Davlat universiteti bilan hamkorlikda ishlashni taklif qildilar.
Farmakologiya va fiziologiya kafedrasi mudiri, professor S.D.Aminov shu yilning ''Eng yaxshi pedagogi" konkursi bo'yicha 2-chi o'rinni egalladi.
Kafedra хоdimlari tomonidan "Umumiy retseptura" o'quv qo'llanmasi lotin аlifbosida chop etildi.
Kafedra katta o'qituvchisi Karimova Gulchexra Almardanovna 1.11. - 29.12. 2017 yilda TTA huziridagi pedagog-kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida malaka oshirdi.
Kafedra dotsenti Sh.T.Ziyayeva 03.01. - 28.02. 2018 yilda TTA huziridagi pedagog-kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida malaka oshirdi.
Dotsent Sh.T.Ziyaeva mutaxassisligi bo'yischa shu yilning ''Eng yaxshi pedagogi" konkursi bo'yicha 1-chi o'rin sovrindori. Umumiy retseptura o'quv q'o'llanma Rivojlantirish Markaziga topshirildi.
ToshPTI farmakologiya va fiziologiya kafedrasi mudiri, professor S.D.Aminovning Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sintszyan fizika, ximiya va texnika instituti tomonidan tashkil qilingan “Professionalniy kurs dlya farmasevticheskogo kluchevogo personala Uzbekistana” nomli kursda 12.10.-21.10.2018 yilda malakasini oshirib keldilar.
ToshPTI farmakologiya va fiziologiya kafedrasi mudiri, professor S.D.Aminovning taklifiga ko'ra Kursk Davlat tibbiyot universiteti Fiziologiya kafedrasi professori I.L.Privalova kafedramizga tashrif buyurdilar. Ular kafedrada 13.11.-16.11. kunlarida bo'lib, xodimlarga va talabalarga "Gemostaz fiziologiyasi", "Elektroneyromiografiya tekshirish usulidan ilmiy ishlarda foydalanish " mavzularida ma'ruzalar va amaliy mashg'ulotlar o'tkazdilar.
Farmakologiya kafedrasida fan bo`yicha 2018-2019 o`quv yilida 2 kurs talabalariga 4-semestrdan dars berish boshlandi.
ToshPTI farmakologiya, fisiologiya kafedrasi mudiri S.D.Aminov 21 – 22 noyabr 2019 yil Rossiya Federatsiyasi Kursk Davlat Tibbiyot Universitetida bo’lib o’tgan “Studencheskaya nauchno-issledovatelskaya laboratoriya itogi I perspectivi IV megdunarodnaya nauchnaya konferensiya, posvyashennaya 85- letiyu Kursk Davlat Tibbiyot Universiteti” da ishtirok etdi.
Professor S.D.Aminov yalpi majlisda “O’zbekiston farmakologlarining erishgan yutuqlari” mavzusida doklad qildilar hamda, Kursk Davlat Tibbiyot Universiteti III kurs pediatriya fakulteti talabalari uchun “Kardiotonicheskie i protivoaritmicheskie sredstva” mavzusida ochiq amaliy dars o’tkazdilar.