Ma'naviy va ma'rifiy faoliyat Kafedraning ishlari Institutning ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasi asosida olib boriladi. O'quv yili davomida, xujjatlarda belgilangan muddatlarda ma'naviy-ma'rifiy soxaga doir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Maxkamasi qarorlari, Vazirlik xay'ati qarorlari, buyruqlari va modemlarida berilgan vazifalarning ta'lim muassasasida, fakultetlar, kafedrada va tegishli bo'limlarda to'laqonli bajarilishi tashkil etiladi.
Yangi o'quv yili sentyabr oyi birinchi xaftasida kafedraning mas'ul ustoz-murabbiylari birinchi kurs talabalarini oliy ta'lim muassasasidagi mavjud shart-sharoitga ko'niktirish, adaptatsiya jarayonini samarali tashkil etishda qatnashib kelmoqda. Kafedrada, o'quv yili davomida, reja asosida oliy ta'lim muassasasining odob-axloq qoidalari qo'llanmasidan foydalangan xolda “Talaba qanday axloqqa ega bo'lishi kerak”, “Talabaning kiyinish madaniyati” kabi mavzularda talabalar o'rtasida suxbatlar o'tkaziladi. Kafedra mudiri Mannanov A.M va barcha o'qituvchilar tomonidan belgilangan muddatlarda TTJda chekishga, giyoxvandlikka, OITSga va sil kasalligiga qarshi kurash mavzularda davra suxbatlari o'tkaziladi.
O'quv yili davomida, reja asosida kafedra va TTJda dekanat va pedagoglar tomonidan o'tkazilgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etildi. Xar yili kafedra san'at soxasidagi bilimlarini boyitish maqsadida talabalar o'rtasida “Kuz ne'matlari” mavzuida fakultetlararo tanlovida ishtirok etib kelmokda. O'quv yili davomida, reja asosida professor-o'qituvchilar va talablarning madaniyat maskanlari (qatag’on qurbonlari xotirasi” va “Temuriylar tarixi” Davlat muzeylariga)ga tashriflari uyushtirilmoqda. Kafedra mudiri Mannanov A.M barcha o'qituvchilar tomonidan xususiy xonadonlarda ijarada yashovchi talabalar bilan tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etildi: ijarada yashovchi talabalarning ro'yxati va yashash manzillari aniqlandi; xonadondagi yashash, dars tayyorlash, dam olish kabi sharoitlar o'rganildi; ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini nazorat qilish maqsadida ijara sohibi, dekan, talaba o'rtasida ishlar yo'lga qo'yildi.
2018 yil 5-sentabr kuni har bir guruhda va ma'ruzalarda "O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni"