Kafedra tarixi

Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining teri va tanosil kasaliklar kafedrasi 1972 yil 20 avgustda tashkil topgan. Uning birinchi mudiri va asoschisi Professor Sulaymonov Karim Sulaymonovich bo’lgan . O’zbekistonda birinchilardan fanlar doktori nomzodi bo’lgan . Proffessor Sulaymonov Rahbarligida bitta doktorlik va 3 ta kondidatli disertatsiyalar yoqlangan . Ular tomonlardan butun ilmiy pedagogik amaliyotlari mobaynida 200 dan ortiq maqolalar , bitta monografiya chop etilgan . 1989-2009 yilgacha kafedraga Proffessor Shodiev Xakim Qayumovich rahbarlik qilgan . Shodiev X.Q . rahbarliklarida 4 ta doktorlik va 8 ta kandidatlik disertatsiyalar yoqlangan . Ular 150 dan ziyod ilmiy maqolalar va 4 ta monografiya nashr etganlar . 2009 yildan xozirgi kungacham kafedrani t.m.d. prof Mannonov Abdushukur Malikovich rahbarlik qilmoqdalar . Ularning rahbarliklarida bitta doktotlik va uchta kandidatlik disertatsiyalar yoqlangan. Proffessor Mannonov A.M. 200 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi . Kafedra ilmiy ishini o’quv uslubiy ish bilan ham oxanglikda olib bormoqda. kafedraning kopchilik hodimlarini yuquqlari sog’liqni saqlash va oily talim vazirliklari tomonidan takidlangan . Kafedra hodimlari o’quv uslubiy qo’llanmalarning ishlab chiqarishiga faol qatnashdi.