Kafedra haqida

      Yuqumli kasalliklar kafedrasi 1920 yilda Toshkent Davlat Universiteti qoshidagi tibbiyot fakul’tetida tashkil etildi.

     Uning asoschisi va birinchi raxbari bo’lib o’sha davrda o’zining o’lat kasalligi yuzasidan olib brogan izlanishlari bilan mashxur bo’lgan yirik epidemiolog va infeksionist professor Klodniskiy xisoblanadi. Keyingi yillarda quyidagi professorlar rahbarlik qilgan:

 

  • 1924-1926 yillar             А.G.Аlekseev

  • 1927-1929 yillar             N.I.Ragoza

  • 1929-1930 yillar             B.N.Stradamskiy

  • 1931-1939 yillar             N.I.Ragoza

  • 1940-1951 yillar             А.L.Kasenovich

  • 1952-1955 yillar            Т.Х.Najmiddinov

  • 1955- 1962 yillar            А.L.Kasenovich

  • 1962-1988 yillar             V.М.Мadjidov

  • 1988-1993 yillar             I.I.Shapunova

  • 1993-1996 yillar             М.B.Sharapov

  • 1996-1997 yillar             А.Х.Zakirxodjayev

  • 1997-1998 yillar             S.N.Boboxodjayev

 

       1999 yilda "Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar" kafedrasi bo’lindi va shu  yildan boshlab bugungi kungacha kafedraga professor I.A. Qosimov rahbarlik qilmoqda.

       Xozirgi kunda quyidagi kafedra xodimlari ish olib bormoqda: dosent M.S. Shadjalilova, t.f.n., dosent Sh.Sh.Shamansurova, assistenlar Ye.M.Osipova, B.I.Bo’ribayeva, D.M.Atamuxamedova, Sh.A.Raxmatullayeva, G.M.Sharapova, S.I.O’lmasova, G.Z.Aripxodjaeva, D.R.Ataxodjaeva, U.U.Abdullaeva, A.H.Hayrullina

      Kafedrada Pediatriya fakul’tetining 4 va 5-kurs bakalavrlari, Tibbiy pedagogika fakultetining 5-6 kurs talabalariа va Oliy xamshiralik ishi fakultetining 1 kurs bakalavrlari “Infeksion nazorat” fanidan taxsil oladilar.

       Kafedra xodimlari o’zining kvalifikasiyasi ustida doim ishlab borishadi, Kafedrada 7 ta doktorlik dissertasiyalari himoya qilingan, 37 ta tibbiyot fanlar nomzodlari yetishib chiqqan, shulardan 18 tasi dosent lavozimida faoliyat olib bormoqda.