Kurs o`quv va o`quv-metodik ishlari
Tibbiy genetika kursida 4-kurs tibbiy-pedagogika va davolash ishi fakul'teti, 5-kurs pediatriya fakul'teti talabalariga "Tibbiyot genetikasi" fanidan amaliy va nazariy bilimlar beriladi.
4 kurs talabalari 6 kun mobaynida jami 54 soat ( shundan 6 soat maruza, 30 soat amaliy mashgulot va 18 soat mustaqil ish), 5 kurs talabalari 9 kun davomida jami 81 soat (shundan 4 soat maruza, 50 soat amaliy mashgulot va 27 soat mustaqil ish). Mashgulotlar o’zbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi.
Xozirgi kunda talabalarga 2 ta professor, 1 ta katta assistent, 2 ta assistent mashgulotlar olib boradi, oo’quv jarayonida talabalar nafakat nazariy bilimlar olish bilan birga bevosita amaliy ko’nikmalarni egallash bilan mashg’ul bo’ladi. Ular mavzuga oid irsiy va tug’ma kasalliklar ko’rigida, labarator va instrumental tekshiruv va tibbiy genetik maslaxat jarayonlarida ishtirok etadi, nazariy mashg’ulotlarda zamonaviy axborot texnologiyalardan keng foydalaniladi, kursda 3 ta kompyuter, televizor, videopleyr, DVD pler mavjud bo’lib talabalarga video roliklar muntazam ravishda xar bir mavzuga boglab kursatib tushuntirib boriladi. Talabalar to’liq o’quv adabiyotlari bilan taminlangan. 2011 yilda professor O.E.Eshonqulov va assistent M.SH.Bosimovlar tomonidan "Tibbiyot genetikasi" darsligi chop etildi.