PhD dissertatsiyasi aprobatsiyasi

2018 yil 3 sentyabr kafedra va kasalxona xodimlari yig'ilishida Gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Eshqobilov Shukurali Davlatmurotovichning “Chaqaloqlarda qizilo’ngach atreziyasi diagnostikasi va xirurgik davo natijalari” mavzusidagi PhD dissertatsiyasi aprobatsiyasi bo'lib o'tdi. Yig'ilish xulosasiga binoan taqrizchilar tomonidan dissertatsiya ishi yuzasidan ko'rsatilgan ba'zi kamchiliklar bartaraf etilgach ilmiy ishni yoqlashning keyingi bosqichlariga tavsiya etildi.