Tibbiyot yangiliklari
Hindistonda shifokorlar xunuk dastxati uchun jarimaga tortildi.
Hindistonning Uttar-Pradesh shtati poytaxti Lakxnauda Ollohobod okrugi Oliy sudi uch nafar shifokorni yomon dastxati uchun 5 ming rupiya (taxminan 67 dollar) jarimaga tortdi, deb xabar beradi TJournal. Sudga uchta jinoyat ishi kelib tushdi, qurbonlarning tibbiy tekshiruvi natijalari Sitapur, Unnao va Gondadagi tuman kasalxonalaridan kelib tushdi. Uchta hisobotni ham ularni yozgan shifokorlarning xunuk dastxatlari tufayli “o‘qib bo‘lmagan”. Sud fikricha, bu sud organlari ishida to‘sqinlik qilgan. Shifokorlar ishlari o‘ta ko‘pligi tufayli hisobotlarni shoshib yozganliklarini da’vo qildi.