Bugun 04.12.2018 yil kuni Gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasida kafedra mudiri professor Ergashev N.Sh. raisligida “Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatchilik holatlarini o‘rganish va oldini olish chora tadbirlari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 1-3-kurs magistratura rezidentlari, II-pediatriya fakultetining 609, 610, 611, 612-guruh talabalari, kafedra xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirda kafedra dotsenti Allaberganov I.K. va t.f.d. assistent Sattarov J.B.lar so‘zga chiqishdi. Tadbirda talabalar orasida jinoyatchilikning oldini olish, bu borada ta’lim muassasalari va ichki ishlar organlarining hamkorligini mustahkamlash va mas’uliyatini oshirish masalalari tahlil qilindi.