O‘rta Osiyo mintaqasi doirasida Respublikamiz poytaxtida, Toshkent meditsina instituti qoshida, ilk bora mashhur xirurg Karim Xojiyevich Tagirov tomonidan 1947 yilda tashkil etilgan bolalar xirurgiyasi kafedrasi tashkil qilinishi bilan bog‘liqdir. 1972 yili O‘rta Osiyo pediatriya meditsina institutini (hozirgi ToshPMI) tashkil qilinishi bois, ushbu institut talabalari uchun bolalar jarrohligi fanidan saboq beruvchi ilm maskani sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagan. O‘zbekiston, Qozog‘iston va O‘rta Osiyoning boshqa respublikalaridan kelib ushbu institutda ta'lim olayotgan talabalar sonining o‘sib borishi sababli keng mavqyega ega bo‘lgan 1 va 2 pediatriya fakultetlarining tashkil qilinishi bolalar xirurgiyasi kafedrasini 1979 yilda ikki kafedraga ajratilishini taqoza etgan edi. Ushbu yilda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida qurib bitirilgan va o‘z faoliyatini boshlagan shahar ko‘p tarmoqli bolalar klinik kasalxonasi tarkibida maxsus bolalar xirurgiyasi (urologiya, travmatologiya, torakal xirurgiya, chaqaloqlar xirurgiyasi, shoshilinch va yiringli septik xirurgiya), shuningdek anesteziologiya va reanimatologiya bo‘limlarining mavjudligi 2-pediatriya fakulteti talabalarining saboq olishlari uchun mo‘ljallangan 2-bolalar jarrohligi kafedrasini klinik bazasi sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Yangi tashkil qilingan kafedraga professor Karim Xojiyevich Tagirovning safdoshi va shogirdlaridan biri professor Erkli Maxmudovich Xodiyev mudir etib tayinlandi. Mazkur kafedraga Karim Xojiyevich Tagirov maktabida yetuk bolalar xirurglari bo‘lib shakllangan xodimlar: dotsentlardan - Yu.B.Ulliyev, E.K.Tagirov, assistentlar: tibbiyot fanlari nomzodlari - Ye.N.Xegay, V.P.Ten, A.F.Shamsiyev, R.A.Alimjanov, B.M.Mirzakarimovlar o‘quv va davolash ishlarini olib bora boshladilar va bolalar xirurgiyasining turli sohalari bo‘yicha o‘zlarining ilmiy pedagogik faoliyatlarini davom ettirdilar. Yillar mobaynida kafedra tarkibi yosh mutaxasislar hisobiga kengaya bordi.
E.M.Xodiyev kafedra mudiri sifatida 1979-1991 yillarda samarali mehnat qildi. U Sobiq ittifoqda nufuzli hisoblangan A.V.Vishnevskiy nomidagi xirurgiya institutida, ko‘p qirrali, dunyoga mashhur xirurg A.A. Vishnevskiy maktabida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bilan birga xirurgiyaning nozik, amaliy tomonlarini chuqur egallagan olimdir. Respublika miqyosida bolalar torakal xirurgiyasining tashkil qilinishi va bugungi kundagi ravnaqi ko‘p tomonlama ushbu olimning ulug‘ mehnatlarining mahsuli ekanligini tan olish joizdir. Bolalar yurak tug‘ma nuqsonlari va ko‘krak kafasining tug‘ma va orttirilgan kasalliklarida bolalarda o‘tkazilgan o‘pkaning rezeksiyasi operatsiyalari E.M.Xodiyevning faoliyati bilan bog‘liqdir. Ustozning ko‘p yillik mehnatlarining mahsuli sifatida uning shogirdi V.P.Ten tomonidan bolalarda destruktiv zotiljamning diagnostikasi va davolash muammolariga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasining 1993 yilda himoya qilinishini keltirish mumkin. Olimning bolalar xirurgiyasi sohasiga qo‘shgan samarali xizmatlari qatoriga uning yosh mutaxasislarni tanlash va tarbiyalashdagi bag‘ri kengligi va sobiq ittifoq davrida faoliyat ko‘rsatgan yirik ilmiy markazlarda yoshlarni o‘z kasbiy va ilmiy darajalarini oshirishlari uchun yaratgan sharoit va imkoniyatlarni ham kiritish zarur.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Xodiyev E.M.
1979-1983 yillarda kafedra klinik ordinatorlaridan N.Sh.Ergashev va D.S.Akmollayevlarning Leningrad pediatriya meditsina institutiga jo‘natilishi, N.T.Toirov va A.J.Hamrayevlarni sobiq ittifoq tibbiyot fanlar akademiyasiga qarashli Moskvadagi Pediatriya institutiga jo‘natilishi ushbu zahmatkash yoshlarning bolalar jarrohligining eng murakkab sohalarini, ayniqsa, chaqaloqlar xirurgiyasi sirlarini chuqur egallashga imkon yaratdi va ular tomonidan nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilinishi bilan yakunlandi. Usha paytda Respublika miqyosida oqsoqlanib kelayotgan neonatal xirurgiyada ijobiy natijalarga erishila boshlandi. Tug‘ma ichak tutilishi, qizilo‘ngach atreziyasi, diafragma churralari va anorektal nuqsonlarga chalingan chaqaloqlar o‘rtasida murakkab operatsiyalarni muvaffaqiyatli bajarishga erishildi. 1982-1992 yillarda kafedra xodimlaridan N.Sh.Ergashev, D.S.Akmollayevlar doktorlik dissertatsiyalarini, A.J.Hamroyev, N.T.Toirov nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi. Shuni ta'kidlash joizki, turli yillarda kafedrada faoliyat ko‘rsatgan va dissertatsiya himoyalarini amalga oshirgan xodimlar xozirgi kunda nafaqat Respublikamiz miqyosida, balki xorijda ilmiy-pedagogik ishlarini olib bormoqdalar: Akmollayev D.S. - Simferopol tibbiyot instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasining professori, Ten V.P.- Moskva shahridagi ilmiy tekshirish institutining katta ilmiy xodimi, Utegenov N.U. - ToshPMI Nukus filiali bolalar xirurgiyasi kafedrasining mudiri lavozimlarida o‘z faoliyatlarini davom ettirib kelmoqdalar. Shuningdek, kafedrada turli yillarda ish olib borgan xodimlardan tibbiyot fanlari doktori Yarashev T.Ya, tibbiyot fanlari nomzodlari Saidmurodov A.M va Karimov U.Sh., Abdunabiyeva D.A.lar bugungi kunda Respublikamiz kasalxonalarida yoki xorijda o‘z amaliy faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.
1991-1992 o‘quv yilidan boshlab kafedrani o‘z faoliyatini ushbu maskanda katta laborantlikdan boshlab, assistent, katta ilmiy xodim va professor lavozimlarida ish olib borgan Nasriddin Shamsiddinovich Ergashev boshqarib kelmoqda. O‘z ustozi Leningrad bolalar xirurgiyasi maktabining asoschisi, ko‘p qirrali mashhur xirurg akademik Girey Aliyevich Bairovning an'analariga sodiq shogird sifatida bolalar xirurgiyasining turli sohalarida faol faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. U 1990-2005 yillarda Respublika Sog‘liqni Saqlash Vazirligida Bosh bolalar xirurgi vazifasida faol amaliy va tashkiliy ishlarni olib bordi. Ushbu lavozim 2006-2009 yillarda kafedra professori A.J.Hamroyev tomonidan davom ettirildi. Kafedra dotsenti N.T.Toirov 1995-2000 yillarda fakultet dekaning muovini, 2001- 2009 yillarda esa tibbiy pedagogika fakultetining dekani sifatida talabalar qalbida mehribon ustoz siymosida uzoq muhrlanib qolishiga shak-shubha yo‘qdir.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Ergashev N.Sh
Professor Ergashev N.Sh. rahbarligi ostida kafedra dotsenti B.B.Ergashev tomonidan doktorlik dissertatsiyasini, shuningdek, ilmiy izlanishdagi xodimlar: Saidmurodov A.M., Nazarov N.N., Karimov U.Sh., Xaybulina Z.A., N.A. Diyorovlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. 2016 yil 15 aprelda katta ilmiy xodim Sattarov J.B. doktorlik dissertaciyasini yoqladi. Ilmiy ishlarning natijalari amaliyotga keng tadbiq etib kelinmoqda va ijobiy natijalarga erishilib, ko‘plab bemorlarning tuzalishi va safga qaytishlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Xozirgi kunda kafedra xodimlari Toshkent shaxridagi 2-bolalar xirurgik klinik kasalxonasi, Respublika Perinatal markazining neonatal xirurgiya bo‘limi va 1-shahar klinik kasalxonasining xirurgiya bo‘limlarida, Toshkent shahri va Respublika miqyosida bolalarga yuqori saviyada maxsus xirurgik yordamni tashkil etishda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Ayni paytda ular bolalar gastroenterologiyasi, proktologiyasi, gepatobiliar xirurgiyasi, torakal xirurgiyasi va neonatal xirurgiya bo‘yicha soha mutaxasislari o‘rtasida Respublikada yetakchi o‘rinlarda turadilar.
Kafedra xodimlari
Kafedra tashkil etilgan davrdan boshlab uning tarkibida shahar onkologiya dispanserining bolalar onkologiyasi bo‘limi qoshida onkologiya kursi faoliyat ko‘rsata boshladi, unga dotsent T.A.Ligay kurs mudiri, M.A.Mun assistent lavozimida o‘quv va davolosh ishlarini olib borishdi. Mazkur kursga 2010 o‘kuv yilidan boshlab tibbiyot fanlari doktori G.A. Hakimov rahbarlik qila boshladi.
Hozirgi kunda kafedra xodimlari «Erta yoshdagi bolalarda a'zo va sistemalarning rivojlanish nuqsonlarining diagnostikasi va davolash» ilmiy yo‘nalishida izlanishlar olib bormoqda. Ilmiy izlanishlar negizida bolalar xirurgiyasining dolzarb muammolari va zamonaviy diagnostika va davolash usullarini amaliyotga tadbiq qilishga qaratilgan bo‘lib, bu borada xirurgik neonatologiya, bolalar koloproktologiyasi va gepatobiliar xirurgiya bo‘yicha olib borilayotgan ishlar nafaqat ilmiy yangiligi, shuningdek amaliy ahamiyati bilan ham ajralib turadi.
Kafedra xodimlari 2000-2002 yillar mobaynida davlat grant loyixasida «Bolalarda qorin bo‘shlig‘i va qorin parda orti a'zolarining tug‘ma nuqsonlari va xirurgik kasalliklari» mavzusi bilan ishtirok etib olingan natijalar asosida kafedra xodimi B.B.Ergashev tomonidan «Yangi tug‘ilgan chaqaloq va ko‘krak yoshidagi bolalarda buyrak tug‘ma rivojlanish nuqsonlarining diagnostikasi va davolash taktikasi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasi himoya qilinishi bilan yakunlandi.
Kafedra hozirgi kunda bolalar gospital xirurgiyasi fani bo‘yicha Respublikada yetuk muassasa hisoblanib xodimlar tomonidan fanning namunaviy dasturi yaratilgan va amalda ko‘llanib kelinmoqda. Kafedra xodimlari Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan barcha tibbiyot oliy yurtlarining bolalar xirurgiyasi kafedralari hamda akademik V.V.Voxidov nomidagi Xirurgiya Ilmiy Markazi, kam invaziyali va endovizual bolalar xirurgiyasi markazlari bilan doimiy ilmiy hamkorlik qilib kelmoqda. Uzoq yillar oldin Sankt-Petrburg Pediatriya tibbiyot akademiyasi va Moskavadagi Rossiya tibbiyot Universteti bolalar xirurgiyasi kafedralari bilan yo‘lga qo‘yilgan ilmiy aloqalar hozirgi kunda ham samarali davom ettirilmoqda.
Ko‘p yillik mehnat va izlanishlarning samarali yakuni sifatida kafedra xodimlari o‘z ilmiy va amaliy imkoniyatlarini Respublikamizda istiqomat qilayotgan yosh avlodni tarbiyalash va sog‘lomlashtirish kabi ma'sul ishni muvaffakiyat bilan bajarib kelimoqdalar. Turli tug‘ma nuqson va murakkab xirurgik kasalliklarga chalingan bolalarga Respublika xududida davolashni yo‘lga qo‘yilishi va bunday bemorlarning davolanish uchun xorijiy mamlakatlarga jo‘natish zaruriyatini keskin kamaytirilishi mustaqillik yillarida erishilgan yutuklarning debochasi deb baholanishi mumkin. Shuni ma'muniyat bilan e'tirof etish mumkinki, hozirgi kunda kafedra xodimlari tomonidan ilg‘or xorijiy mamlakatlarda bolalarda o‘tkazilayotgan murakkab operatsiyalarning deyarli ko‘pchiligi klinika sharoitida bajarib kelinmoqda.
Kafedra ishlarining asosiy yo‘nalishlari:
O‘quv ishlari - 6-7 kurs talabalarini umumiy amaliyot shifokori dasturi bo‘yicha nazariy va amaliy tayyorlash, bolalar xirurgiyasi mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinatorlar va magistrlarni tayyorlash.
Ma'naviy tarbiya ishlar - Respublikasmiz prezidenti Karimov I.A.ning asarlari va nutqlari, vazirlar mahkamasi va Oliy majlisning qarorlari asosida shaxsning ma'naviy dunyoqarashini oshirish, umumbashariy va milliy tamoyillarga tayanib yosh avlodni tarbiyalash va o‘qitish.
Ilmiy ishlar - bolalarda oshqozon-ichak trakti, siydik ajratish a'zolari rivolanish nuqsonlarining diagnostikasi va xirurgik davosi; yiringli-septik xirurgiya; torakal xirurgiya; chaqaloqlar xirurgiyasi; gepato-biliar xirurgiya.
Davolash ishlari - Tashkent shahri va Respublika viloyatlaridagi bolalarga yuqori sifatli va malkali konsultativ va maxsus xirurgik yordamni ko‘rsatish.
Onkologiya va bolalar onkologiya kursi
Joriy onkologiya kursi 1972 yilda "Markaziy Osiyo pediatriya tibbiyot instituti"ning "Bolalar xirurgiyasi" kafedra asosida tashkil etilgan. Kafedraning ilk mudiri tibbiyot fanlari nomzodi Ligay Timofey Andreevich (1924-1997) 1996 yilga qadar boshqargan. Ligay T.A. 1946 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan. 1952 yilda "Umumiy jarrohlik" klinikasida klinik ordinaturani tugatgan. 1996 yilda u "O'zbekistonda keng tarqalgan teri saratoni"mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Ligay T.A.
O'zbekiston tarixida birinchi bolalar onkologlar o'quvchilar Respublikamizda tashkil etish va bolalar onkologiyasi rivojiga salmoqli hissa qo'shgan olim Ligay T.A. edi. Mun Mixail Afanasievich (1950-2008). 1978 yilda O'rta Osiyo tibbiyot pediatriya institutini Pediatriya fakultetini tugatgan. 1980-1982 yillarda "Bolalar xirurgiyasi" yo’nalishida klinik ordinaturani o’tgan. 1996-2006 yillardа onkologiya kursiga rahbarlik qildi.
Mun M.A.
2008 yil 24-dekabr kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti rektori professor AV Alimov buyrug’iga asosan «Onkologiya va bolalar onkologiyasi» kursi ochildi va kurs mudiri etib t.f.d., professor Hakimov G’olib Abdullaevich tayinlandi.
Professor Hakimov G.A.
Hozirgi kunda kurs xodimlari: dmn. Dotsent U.I. Ishonxodjaev, texnika fanlari nomzodi. Yusupbekov A., tibbiyot fanlari doktori A.V. Valiev, X.Jumaniyozov. G. F. Miryusupova, S.V. Ziyaev.
Kurs xodimlari
Asosiy klinik bazasi Toshkentda Shahar onkologiya dispanserining Bolalar onkologiyasi bo’limi hisoblanadi. Dispanserning kjyka fondi 225 o'rinni tashkil qiladi. Klinikasida klinik onkologiya barcha bo'limlari yosh mutaxassislar tayyorlash, sifatini yaxshilash uchun yordam beradi va o'rgatadi.
Ta'limda, an'anaviy usullar (plakatlar, rang slaydlar, o'rganish rentgen nurlari va boshqalar) bilan birga vaqtda zamonaviy o'quv qo'llanmalardan foydalaniladi - video ma'ruzalar, filmlar murakkab operatsiyalar, elektron darsliklar mavjud. Kurs xodimlari onkologiya fani bo’yicha uslubiy tavsiyalar, qo'llanmalar va darsliklar yaratishda faol ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, kurs xodimlari, klinik ordinatorlar va nomzodlar xalqaro anjumanlar, kongresslar va simpoziumlarda faol ishtirok etmoqda.