Studentlarga

Kafedrada 1 va 6 kurs talabalari tibbiyotning birlamchi bo’g’inida faoliyat ko’rsatish maqsadida gospital bolalar xirurgiyasi fani asoslari, ambulator-poliklinik xirurgiya xususiyatlari o’rgatiladi. Bunda tashqari kafedrada magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlar ham bolalar xirurgiyasi fanidan tahsil oladi.

Kafedraning asosiy klinik bazasi Toshkent shahridagi 2-sonli shahar bolalar klinik-jarrohlik shifoxonasi hisoblanadi. Shifoxonaning yotoq joylari 185 o'rinli bo'lib, rejali jarrohlik, shoshilinch jarrohlik, jarrohlik infektsiyasi, ko'krak jarrohligi, travmatologiya-ortopediya va intensiv terapiya bo'limlarini o'z ichiga oladi. Kafedraning yordamchi klinik bazalari Respublika perinatal markazining neonatal jarrohlik bo'limi va 1-son DKDB bolalar jarrohligi bo’limidir. Bolalar jarrohlik bo'limlarinida har xil jarrohlik kasalliklarning xilma-xilligi talabalarga bilim berish uchun maksimal sharoitlarni yaratadi.

O’quv jarayonida an’anaviy uquv uslublari (plaktlar, rangli slaydlar, o’quv rentgenogrammlari va boshqalar) bilan birgalikda zamonaviy o’quv usullari (video ma’ruza, elektron o’quv qo’llanmalari va boshqalar) ham keng qo’llaniladi. Kafedra mudiri professor Ergashev N.SH. ko’magida kafedrada biblioteka tashkil etilgan bo’lib, mazkur bibliotekada bolalar xirurgiyasiga odi 100 dan ortiq kitoblar va jurnallar mavjud. Biblioteka fondidan talaba va magistratura rezidentlar kechayu-kunduz foydalanishadi.

6-kurs Pediatriya fakul’teti

Gospital bolalar xirurgiyasi fani Sog’liqni saqlash tizimining birlamchi bo’g’inida faoliyat ko’rsatuvchi vrach pediatrni mustaqil ravishda ish yuritish jarayonida uy, poliklinika va kunduzgi shifoxona sharoitida bolalarda ko’p uchraydigan turli xirurgik kasalliklarda diagnostikani va davolash muolajalarini to’g’ri tanlash, rejali operatsiyalarni o’tkazish muddatlarini belgilash, statsionargacha bo’lgan davrda zarur davo muolajalarini o’tkazishga, bemorni statsionarga yetkazish, shoshilinch va favqulotdagi xolatlarda tez va birlamchi yordamni ko’rsatishga, shuningdek, sanitar-gigiyenik, antiepidemik, profilaktika, dispanser nazoratini tashkil qilish va reabilitatsiya tadbirlarini o’tkazishga o’rgatishdan iboratdir.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi.
Talaba bolalarda uchraydigan xirurgik kasalliklarning etiologiyasi va patogenezidagi zamonaviy qarashlar, shuningdek kasalliklarning zamonaviy tasnifi va tekshirish usullari, hamda klinik manzarasi to’g’risida, bolalarda uchraydigan xirurgik kasalliklarning diagnostika mezonlari va uslublari, profilaktika usullari, zamonaviy instrumental va laborator tekshiruv usullarining imkoniyatlarini va ularni qo’llashdagi ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalar haqida tasavvurga ega bo’lishi.

Talaba bilishi shart:
  • Bolalarda ko’p uchraydigan xirurgik kasalliklarning zamonaviy tasnifi, aoratlangan turlari va ularni oldini olish chora tadbirlarini;
  • Bolalarda ko’p uchraydigan xirurgik kasalliklarning tipik va atipik turlari hamda asoratlangan kechuvi xususiyatlarini, ularning klinik kechish manzarasini;
  • Bolalarda ko’p uchraydigan xirurgik kasalliklarning zamonaviy klinik, laborator, insturumental tekshirish usullarini (endoskopik, rentgenologik, ultratovush), hamda xirurgik profildagi kasalliklarni bevosita tekshirish imkoniyatlarini;
  • Diagnostika mezonlari, differensial diagnostika xususiyatlarini va birlamchi tibbiyot bo’g’inida ko’rsatiladigan davo taktikasi;
  • Xirurgik davo uslublarini va ularni qo’llashdagi ko’rsatmalar va qarshi ko’rsatmalarni;
  • Xirurgik kasalliklarni davolashda keng qo’llaniladigan asosiy dori preparatlarining farmokologik xarakteristikasini, patologik sindrom va shoshilinch holatlarda ularni ratsional qo’llashni.

Talaba ko’nikmaga ega bo’lishi shart:
  • Bemorlar statusini baxolash, ularni to’liq fizikal tekshiruvdan o’tkazish (umumiy ko’rik, pal’patsiya, auskul’tatsiya, arterial bosimni o’lchash, pul’s xususiyatini aniqlash);
  • Umumklinik tekshiruv usullarini va laborator, instrumental tekshiruv natijalarini interpretatsiyasi;
  • Dastlabki tashxis qo’yish algoritmini va bemorga shifokor-mutaxassis malaxati zarurligini aniqlash va yo’naltirish;
  • Keng klinik tashxis qo’yish algoritmini;
  • Bemor hayotiga xavf tug’diradigan va shoshilinch holatlarda tashxis qo’yish va birinchi yordam ko’rsatishdagi malakaga ega bo’lish;
  • Tor doiradagi mutaxasislar malahati zarurligini aniqlash;
  • Reabilitatsiya chora-tadbirlar sxemasini tuzish va ishlab chiqish;
  • Kichik xirurgik operatsiya va manipulyatsiyalarni bajara olish.

Ma’ruza mashg’ulotlari mavzulari (Jami 6 soat)
  1. Bolalarda tug’ma nuqsonlar va xirurgik kasalliklarda tekshirish va davolash taktikasini tashkil qilishda zamonaviy yondoshuvlar
  2. Bolalarda qorin bo’shlig’i a’zolarining o’tkir xirurgik kasalliklari diagnostikasi va davolash taktikasi
  3. Bolalarda buyrak, siydik yullari rivojlanish nuksonlari va siydik tosh kasalligi diagnostikasi va davolash taktikasi

Ma’ruza mashg’ulotlari 2-son Toshkent shahar bolalar xirurgik klinik kasalxonasining katta zalida mul’temedia qurilmalari bilan jihozlangan holda o’tkaziladi.

Amaliy mashg’ulotlar mavzulari (Jami 85 soat):

  1. Atipik va asoratlangan o’tkir appenditsitning klinikasi, diagnostikasi va differensial diagnostikasi. Umumiy amaliyot pediatrii tatkikasi.
  2. Oshqozon va 12-barmoqli ichak yarasining asoratlari diagnostikasi va differensial diagnostikasi. Umumiy amaliyot pediatri taktikasi.
  3. Qorin bo’shlig’i va qorin parda orti a’zolarining yopiq shikastlanishlari diagnostikasi va differensial diagnostikasi. Umumiy amaliyot pediatri taktikasi.
  4. Bolalarda dinamik va mexanik ichak tutilishlari. Diagnsotika va differensial diagnostika.
  5. Ut chiqarish a’zolarining rivojlanish nuqsonlari. Bolalarda mexanik sariqlik. Klinikasi diagnostikasi va differensial diagnostikasi. Umumiy amaliyot pediatri taktikasi.
  6. Bolalarda yo’g’on ichakning asortalangan kasalliklari va surunkali qabziyat. Klinikasi, diagnostikasi va differensial diagnostikasi. Operatsiyaga bo’lgan ko’rsatmalar. Umumiy amaliyot pediatri taktikasi.
  7. Bolalarda qizilo’ngach ximik va fizik kuyishlarining erta va kechki asoratlari. Umumiy amaliyot pediatri taktikasi.
  8. Bolalarda har xil lokalizatsiyadagi yot jismlar. Diagnostika va differensial diagnostikasi.
  9. Bolalarda o’pkaning bakterial destruksiyasi. Differensial diagnostika va davolashning asosiy prinsiplari. Umumiy amaliyot pediatri taktikasi.
  10. Bolalarda noqulay premorbid fonda yumshoq to’qimalarning yiringli-yallig’lanish kasalliklari. Diagnostika i differensial diagnostika. Umumiy amaliyot pediatri taktikasi.
  11. Bolalarda o’tkir gematogen, surunkali va atipik turdagi osteomiyelit. Differensial diagnostika va davo taktikasi Umumiy amaliyot pediatri taktikasi.
  12. Bolalarda uropatiyalar va siydikning o’tkir tutilishi. Diagnostika va differensial diagnostika. Umumiy amaliyot pediatri taktikasi.
  13. Asoratlangan qorin churralarining (chov, kindik, son va qorin oq chizig’i churralari) diagnostikasi va differensial diagnostikasi. Urug’ tizimchasi kasalliklari. Umumiy amaliyot pediatri taktikasi.

Amaliy mashg’ulotlar jihozlangan auditoriyalarda har bir akademik guruxga alohida o’tiladi. Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy (xususan interfaol) metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya (mediata’lim, amaliy dastur paketlari, prezentatsion) texnologiyalari yordamida o’tiladi. Amaliyot natijalari asosida “Gospital bolalar xirurgiyasi“ faniga taaluqli bo’lgan tibbiyot misollaridan keng foydalaniladi. Slaydlar, o’quv adabiyotlar elektron versiya va axborot mul’timediya qurulmalari, amaliyot uchun ko’rgazmali materiallar, tarqatma materiallar, vaziyatli masalalar, test savollari, yordamida o’tkaziladi.

Mustaqil ta’lim mavzulari (Jami 53 soat):

  1. Erta yoshli bolalarda o’tkir appenditsitning tipik kechish xususiyatlari.
  2. Bolalarda meda va o’n ikki barmokli ichak yara kasalligining klinikasi, diagnostikasi, konservativ davolash usullari, dispanser nazorati.
  3. Ichki qon ketishning laborator diagnostikasi. Gemorragik shokning klinik kechishi. Perforatsiyasiz peritonitning klinik namoyon bo’lishi
  4. Bolalarda churralar va urug’ tizimi kasalliklariga olib keluvchi omillar, vrach pediatr tomonidan amalga oshirilishi zarur bo’lgan profilaktika tadbirlari.
  5. Kindikning klinik anatomiyasi. CHaqaloqlarda kindik koldig’ini parvarishlash. O’t qopi va o’t yo’llarining klinik anatomiyasi
  6. Surunkali qabziyat, sabablari, klassifikatsiyasi
  7. Qizilo’ngachning termik va ximik kuyishlari klassifikatsiyasi, kechishi
  8. O’pkaning bakterial destruksiyasi turlari va tasnifi
  9. O’tkir siydik tutilishiga olib keluvchi asosiy omillar. Bolalarda o’tkir siydik tutilishini oldini olish
  10. Buyrak va siydik yo’llari tug’ma nuqsonlari
  11. Yiringli yallig’lanish kasalliklarining patogenezi va davolashning kompleks usuli
  12. O’tkir va surunkali osteomiyelitning patogenezi va profilaktikasi
  13. Jarrohatlarga birlamchi xirurgik ishlov berish. Qoksholga qarshi emlash
  14. Ichak tutilishi tasnifi va patogenezi

Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlanadi va uni taqdimoti tashkil qilinadi

Asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyetlar hamda axborot manbaalari:

Asosiy adabiyotla:

1. Sulaymonov A. S. i dr. Bolalar xirurgiyasi. - Tashkent, 2000
2. Lenyushkin A.I., Xamrayev A.J., Atakulov J.A. «Bolalar koloproktoloiyasi» Toshkent, 2005.
3. YU.F.Isakov. Xirurgicheskiye bolezni u detey. - M.: Meditsina. - 1998.
4. SHamsiyev A.M., Atakulov D.O., Lyonyushkin A.I. Xirurgicheskiye bolezni detskogo vozrasta. - Tashkent: Ibn Sino. - 2001.

Qo’shimcha adabiyotlar:

1. Ashkraft K.U., Xolder T.M. Detskaya xirurgiya. T. 1;2;3. Sank-Peterburg 1996, 1997, 1999.
2. Bairov G.A. Srochnaya xirurgiya u detey. «Piter». 1997.
3. Bairov G.A., Roshal’ L.M. Gnoynaya xirurgiya u detey. L.: 1991.
4. Dronov A.F., Poddubniy I.V., Kotlobovskiy V.I. Endoskopicheskaya xirurgiya u detey. Moskva «GEOTAR-MEDIA». 2002.
5. Isakov YU.F. Xirurgicheskiye bolezni detskogo vozrasta. T. 1,2. Moskva «GEOTAR-MEDIA». 2004.
6. Isakov YU.F. Xirurgicheskiye bolezni u detey. Moskva. «Meditsina» 1998.
7. Pugachev A.G. Detskaya urologiya. Moskva «GEOTAR-MEDIA». 2009.
8. SHamsiyev A.M. Ostriye destruktivniye pnevmonii u detey. Tashkent. «Abu Ali Ibn Sino» 2013.

Internet saytlari:

1. www.ziyonet.uz
2. www.mediasphera.aha.ru/surgery/surg-mn.htm
3. www.childsurgeon.ru
4. www.hirurg-detyam.ru
5. www.childsurgeon.ru
6. www.doctor-roshal.ru
7. www.pediatria.kz
8. www.smdoctor.ru/child-surgery/
9. https://international-health-care.charite.de/ru/
10. www.pedclin.ru



Tibbiyot kasbiga kirish – Bolalar xirurgiyasi. 1-kurs uchun tarqatma materiallar

O'tkir qorin sindromi (prezentatsiya)

Bolalarda Girschsprung kasalligi (taqdimot) (prezentatsiya)

Bolalarda o'tkir appenditsit (prezentatsiya)

Bolalardagi yara kasalligi (prezentatsiya)