O`quv va o`quv-metodik ishlari

Gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasi

Kafedrada 1 va 6 kurs talabalari tibbiyotning birlamchi bo’g’inida faoliyat ko’rsatish maqsadida gospital bolalar xirurgiyasi fani asoslari, ambulator-poliklinik xirurgiya xususiyatlari o’rgatiladi. Bunda tashqari kafedrada magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlar ham bolalar xirurgiyasi fanidan tahsil oladi.

O’quv jarayonida an’anaviy uquv uslublari (plaktlar, rangli slaydlar, o’quv rentgenogrammlari va boshqalar) bilan birgalikda zamonaviy o’quv usullari (video ma’ruza, elektron o’quv qo’llanmalari va boshqalar) ham keng qo’llaniladi. Kafedra mudiri professor Ergashev N.SH. ko’magida kafedrada biblioteka tashkil etilgan bo’lib, mazkur bibliotekada bolalar xirurgiyasiga odi 100 dan ortiq kitoblar va jurnallar mavjud. Biblioteka fondidan talaba va magistratura rezidentlar kechayu-kunduz foydalanishadi.

O‘quv jarayonda 80 ta videofilmlar, 5 ta CD-disklardagi qo‘llanmalar, 120 prezentatsiyalar va klinikaning kasalliklarni tashxislash va davolashda ishlatiladigan uskunalari keng qo‘llaniladi. 

Amaliy mashg‘ulotlarda, yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari, video- va kompyuter texnikalari ham qo‘llanilib, bular amaliy mashg‘ulotlarning vizual samaradorligini oshiradi va darslarda o‘quv videofilmlarini va prezentatsiyalarni namoyish qilish imkonini beradi.

Hammasi ma’ruzalar multimediya ko‘rinishda tayyorlangan bo‘lib, bu esa axborotni berish imkoniyatini yanada kuchaytiradi.

Amaliy mashg‘ulotlar va ma’ruzalar 2 ta tilda (o‘zbek va rus tillari) o‘tkazilib, dars hujjatlari ham 2 ta tilda talabga binoan tayyorlangan bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlar yuqori uslubiy va ilmiy darajada olib boriladi.

Yuqori sifatda tayyorlangan stendlarda talabalar uchun zarur ma’lumotlar: dars jadvali, mavzular ro‘yxati, ma’ruzalar ro‘yxati, qayta topshirishlar grafigi, mustaqil ish mavzulari, amaliy ko‘nikmalar mavzulari, oraliq va yakuniy baholash nazorat savollari, hamda kafedra xodimlarining ilmiy ishlari keng yoritilgan.

Har bir o‘qituvchi uslubiy ishlanmalar to‘plami bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lib, bular fanga oid amaliy mashg‘ulotning tizimli va mantiqiy sxemalari, boshlang‘ich va yakuniy test nazorat savollari, muammoli klinik va vaziyatli masalalarni o‘z ichiga oladi.

Amaliy mashg‘ulotlar va ma’ruza mavzulari yangi tasdiqlangan o‘quv ishchi dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, talabalarning mastqail ishlari uchun soatlar ajratilgan.

Shifokor-bolalar xirurgi malakaviy tavsiflari talablariga muvofiq amaliy ko‘nikmalar ro‘yxati ishlab chiqilgan.

Talabalar bilimi reyting baholash tizimi asosida nazorat qilinadi. YAkuniy nazorat 6-kurs talabalari uchun OSCE tizimida o’tkazilsa, 7-kurs uchun esa ToshPMI test markazida test savolnomasi ko’rinishida o’tkaziladi.

 20171116_095336_IMG  20171116_095528_IMG

20171116_102556_IMG  20171116_102623_IMG

20171128_084509_IMG  20171128_084628_IMG

20171128_084645_IMG  20171128_084917_IMG

20171128_094353_IMG  20171128_104629_IMG

20171128_104706_IMG  20171211_124007_IMG

 


VI-kurs talabalariga – bolalarda keng tarkalgan xirurgik va onkologik kasalliklarini atipik va asoratli kechishlari, diagnostikasi, gospital etapgacha bo’lgan davrda taktika va davolash usullari tanlash, shuningdek reabilitastiya va profilaktikasi o’rgatiladi.

Maqsad: Sogliqni saqlash tizimining birlamchi bo’g’inida faoliyat ko’rsatuvchi vrach pediatrni mustaqil ravishda ish yuritish jarayonida uy, poliklinika va kunduzgi shifoxona sharoitida bolalarda ko’p uchraydigan turli xirurgik kasalliklarda diagnostikani va davolash muolajalarini to’g’ri tanlash, rejali operastiyalarni o’tkazish muddatlarini belgilash, stastionargacha bo’lgan davrda zarur davo muolajalarini o’tkazishga, bemorni stastionarga etkazish, shoshilinch va favqulotdagi holatlarda tez va birlamchi yordamni ko’rsatishga, shuningdek, sanitar-gigienik, antiepidemik, profilaktika, dispanser nazoratini tashkil qilish va reabilitastiya tadbirlarini o’tkazishga o’rgatishdan iboratdir.

Vazifalar:

  • Talabalarning 4-5 kurslarda bolalar fakultet xirurgiyasi fanidan olgan nazariy bilim va ko’nikmalarini chuqurlashtirish.
  • Talabalarga o’quv jarayonini umumiy amaliyot shifokori tayyorlash uchun mo’ljallangan umumiy dastur ostida tashkil etish va tibbiy-biologik va boshka fanlar bilan integrastiyasi asosida nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarga e’tibor berish.
  • Kvalifikastion tavsiyanoma reglamentiga mos xolda, mustaqil ishlash ko’nikmalarini, umumiy amaliyot shifokori faoliyatining barcha bosqichlarida rivojlantirish. Talaba bilishi shart:
  • Bolalarda keng tarqalgan xirurgik kasalliklarni etiopatogenezini.
  • Bolalarda xirurgik kasalliklarning klinik kechish xususiyatlarini va ularni differenstial tashxislashni.
  • Bolaning yoshi, premorbid xolatni hisobga olgan holda xirurgik kasalliklarning oddiy va asoratli kechishidagi klinik xususiyatlarini.
  • Alohida belgi va sindromlarni diagnostik ahamiyatini.
  • Instrumental, bioximik, serologik va morfologik tekshirish usullarning imkoniyatlari va qo’llanishga bo’lgan ko’rsatmalarni.
  • Bolalarda uchraydigan xirurgik kasalliklarini umumiy davolash tamoyillarini.
  • Xirurgik kasalliklarga chalingan bolalarni dispanserizastiya va reabilitastiya qilish asoslarini.
  • Sog’liqni saqlash birlamchi tizimida bolalarga jarrohlik yordamini tashkil qilish tamoyillarini.
  • «Kichik» jarrohlik muolajalari va operastiya usullarini o’zlashtirishni.

Talaba bajara olishi shart:

  • Jarrohlik kasalligini aniqlash uchun anamnez yig’ish va bemorda maxsus tekshirish usullarini bajara bilishi.
  • Kasallikning kechish xususiyatlariga bog’liq ravishda erta diagnostika mezonlarini aniqlash va differenstial tashxislashni.
  • Klassifikastion belgilarni ko’llagan holda kasallik tashxisini qo’yish va davolash taktikasini aniqlashni.
  • Funkstional, instrumental, laboratoriya tekshirish usullari natijalarini interpretastiya qilishni.
  • Patogenetik va sindromal davolash rejasini tuzishni.
  • Mutaxasislar maslahatiga ko’rsatmalarni aniqlashni.
  • Reabilitastiya tadbirlari rejalarini belgilashni.
  • Shoshilinch holatlarda birlamchi tibbiy yordamni ko’satishni.
  • Kichik jarrohlik muolajalari va operastiyalarini bajarishni.

1-kurs

Ushbu fanning maqsadi kattalar va bolalar salomatligini yaxshilash uchun zarur bo'lgan sifatli tibbiy yordamni ko’rsatish uchun bilim va ko'nikmalar yaratishdir.

Fanning vazifalari:

- statsionar tibbiy yordam ko'rsatishda kattalar, bolalar va o'smirlarni parvarish qilish qoidalarini tayyorlash;
- tibbiyot muassasalarida rejim qoidalariga amal qilish;
- deontologiya va axloq me'yorlari bilan tanishish;
- davolanish vaqtida kasalxonada kattalar va bolalarni sanitariya qoidalari bo'yicha o'qitish;
- antropologiya va termometriya tushunchalari bilan tanishish;
- davolashda eng keng tarqalgan kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash bo'yicha trening;
- kasallikning turi va zo'ravonligiga, shuningdek bemorning yoshiga qarab, bemorlarni oziqlantirish va oziqlantirish qoidalariga amal qilish;
- qabul qilish qoidalarini va dori vositalarini qabul qilish usullarini o'rganish;
- tibbiy protseduralarni amalga oshirish bo'yicha trening;
- bemorlar favqulodda vaziyatlarda va rejalashtirilgan operatsiyalarda tayyorgarlik qoidalarini tayyorlash;
- intensiv terapiya bo'limida bo'lgan va ularni jarrohlik bo'limiga topshirgan bemorlarni davolash bo'yicha trening;
- hayotga xavf soladigan kasalliklarga (yurak etishmovchiligi, nafas olish buzilishi, qon ketish, zaharlanish, kuyishlar, sovuqqonlik, aspiratsiya) birinchi yordam ko'rsatish qoidalarini tayyorlash;
- laboratoriya testlari uchun biologik materiallar to'plamini tayyorlash;
- bemorlarni parvarish qilishning zamonaviy usullari bo'yicha ilmiy adabiyotlardan foydalanish qoidalarini tayyorlash.

Talabalarning bilimlari, malakalari va malakalariga talablar.

Talaba:

qo'yidagi fikrlarni bildirishi kerak:

- bemorlarni davolashda deontologiya tamoyillari;
- davolash va profilaktika muassasalarining turlari;
- bemorlar uchun g'amxo'rlikning mazmuni va qoidalari;
- tibbiy hujjatlar va ularni boshqarish tartibi;
- dorivor moddalarni saqlash va tarqatish qoidalari;
- dezinfeksiya, sterilizatsiya, asepsiya va antiseptika qoidalari;
- xodimlarning shaxsiy gigienasi qoidalari.

Bilishi va qo’llay olishri shart:

- fiziologik va terapevtik stollar;
- bemorlarni ovqatlantirish va idishlarni tayyorlash qoidalari;
- harakat rejimi;
- reanimatsiyadan foydalanish ko'rsatkichlari, "reanimatsiya", "klinik o'lim", "biologik o'lim" tushunchalari;
- bemorlarni sanitariya sharoitlari;
- Bemorlarni rentgen, ultratovush va boshqa tadqiqotlar uchun tayyorlash.

Amaliy (klinik) mahoratga ega bo'lish:

- xonalarni tozalash, xonalarni ventilyatsiya qilish, joriy va oxirgi dezinfeksiya;
- dori vositalarini boshqarish qoidalari va usullari;
- tibbiy muolajalar (termometriya, antropometriya, nafas olish tezligi va yurak tezligini o'lchash, qon bosimini o'lchash);
- tibbiy muolajalarni olib borish (inhalation, xantal plastinkalardan foydalanish va boshqalar);
- tananing turli qismlarini immobilizatsiya qilish usullari;
- Kasallarga g'amxo'rlik qilish.

 


 

«Bolalar onkologiyasi” kafedrasi

Kafedrada tibbiy-pedagogika fakul’teti  V-VI-kurs talabalri, pediatriya fakul’teti VI kurs talabalari va oliy hamshiralik fakul’tetining III kurs talabalari tahsil olishadi. Bundan tashqari kursda onkologiya mutaxassisligi bo’yicha klinik ordinatorlar ham tahsil olshadi.

O’quv jarayonida an’anaviy uquv uslublari (plaktlar, rangli slaydlar, o’quv rentgenogrammlari va boshqalar) bilan birgalikda zamonaviy o’quv usullari (video ma’ruza, elektron o’quv qo’llanmalari va boshqalar) ham keng qo’llaniladi.

Talabalar bilimi reyting baholash tizimi asosida nazorat qilinadi. 

2017-12-28_140127 2017-12-28_140146

 2017-12-28_140205

Maqsad:

Talabalarga shifokorlik faoliyati davomida zarur bo’ladigan bilim, ko’nikmalarni o’rgatish.

Talaba bilishi shart:

  • Bolalar onkologiyasida etika va deontologiya asoslarini;
  • Bolalar onkologiyasi fanining maqsadi va vazifalarini;
  • Bolalarda onkologik kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni va ularni oldini olish choralarini;
  • Bolalarda yomon sifatli o’sma kasalliklarini zamonaviy diagnostika va davo usullarini;
  • Rak oldi kasalliklarini klinik va morfologik ko’rinishlarini;
  • Bolalarda yomon sifatli o’sma kasalliklarini zamonaviy diagnostika usullarini;

Talaba bajarishi shart:

  • Onkologik kasalligini aniqlash uchun anamnez yig’ish va bemorda maxsus tekshirish usullarini bajara bilishi.
  • Kasallikning kechish xususiyatlariga bog’liq ravishda erta diagnostika mezonlarini aniqlash va differenstial tashxislashni.
  • Klassifikastion belgilarni qo’llagan holda kasallik tashxisini qo’yish va davolash taktikasini aniqlashni.
  • Funkstional, instrumental, laboratoriya tekshirish usullari natijalarini interpretastiya qilishni.
  • Patogenetik va sindromal davolash rejasini tuzishni.
  • Mutaxasislar maslaxatiga ko’rsatmalarni aniqlashni.
  • Reabilitastiya tadbirlari rejalarini belgilashni.
  • Shoshilinch holatlarda birlamchi tibbiy yordamni ko’rsatishni.


Gospital bolalar xirurgiyasi fanidan 7 kurs uchun test savollari

6-kurs uchun vaziyatli masalalar

6 kurs uchun ta'lim texnologiylari

6 kurs uchun oraliq nazorat savollari

Gospital xirurgiya fanidan ta’lim texnalogiyasi 6 kurs

Gospital xirurgiya fanidan ta’lim texnalogiyasi 7 kurs

Образовательнқе технологии по дисциплине Госпитальная Детская Хирургия 6 курс pediatriya