UZHELTH haqida

UZHELTH loyihasi O’zbekiston oliy o’quv yurtlarida sog’liqni saqlash uchun turli darajadagi mas’uliyatli va o’z-o’zini mustaqil idora qilish huquqiga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlash va unga taalluqli sohalarda keng doirada inson salomatligini yaxshilash uchun, hamda O’zbekiston oliy o’quv yurtlari imkoniyatlarini yanada kuchaytirish maqsadida tayyorlangan.

Tyuning metodologiyasidan foydalanilgan xolda UZHELTH loyihasi doirasida O’zbekiston oliy o’quv yurtlarida ta’limni qayta tashkil qilish, koordinasiyalash, keng yoyish va modernizastiyalashni qo’llab-quvvatlash uchun uning monitoringi hamda baholash holatlari, maslaxat berish, qayta tuzishni strukturaviy jarayonini tahlili amalga oshiriladi.

UZHELTH vazirlik ko’rsatmalari va kasbiy normativlarini sog’liqni saqlash sohasi bilan mos kelishini o’rgatish, dars berish va baho berishni omilkor yondashuvli qilish maqsadida, ham zarur qonunchilik va normativ o’zgarishlarni tushunish ham osonlashtirishga erishish  uchun amaldagi vazirliklar (oliy ta’lim, sog’liqni saqlash, qishloq xo’jaligi)  bilan yaqin xamkorlik qiladi.

Alohida fan sohalariga yo’nalish bera oladigan  va mos keladigan hamda umumiy malakaviy doirada (SQF) muvofiqlashtirishga  qodir aloxida fan yo’nalishlarini (sog’liqni saqlash, tibbiyot, veterinariya, oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizligi  va atrof-muhitni saqlash, farmatsevtika)  amalga oshirish uchun zamin tayyorlash.

UZHELTH konsortsiumida nafaqat o’zbek va yevropalik hamkorlar bilan , balki, shuningdek boshqa bir-biriga yaqin loyihalar bilan ham hamkorlik qilish uchun mustahkam platformasi yaratiladi, bu esa butun dunyodagi ishlanmalar haqida axborot olishga imkon beradi. UZHELTH loyihasi doirasida ikki tomonlama maslahatlashuv  vositasida bilim tarqatuvchilar (ta’lim va tadqiqot va ularni yo’llovchilar) sifatida chiqaruvchi oliy o’quv yurtlari  bilan xususiy korxonalar va davlat muassasalarini ularni davlat sog’liqni saqlash tizimini yanada samarali qilish jarayonidagi juda kerakli hamkor sifatida jalb qilgan holda strukturaviy hamkorlikka asos solinadi.

Umumiy maqsad shundan iboratki, ya’ni loyiha qatnashchilari  va bunga qiziqish bildirgan tomonlarni bevosita birlashtirishga qobil sog’liqni saqlash va uning barcha relevant sohalari uchun bir-biriga  muvofiqlashtirilgan axborotli tuzilmani yaratishdan iborat: sog’liqni saqlash tizimi yanada samarali faoliyat yuritishda sog’liqni saqlash uchun barcha darajadagi (texniklar, ekspertlar, mutaxassislar, ilmiy xodimlar) kadrlar tayyorlashni ta’minlash.

Qayd etib o’tilganidek, UZHELTH  loyihasi yevropalik va o’zbekistonlik hamkorlar konsortsiumi hamda jalb etilgan  mamlakatlarning hamkor Vazirliklari orqali amalga oshiriladi. Barcha ishtirokchilar mo’ljallangan natijalarga erishish va rejalashtirgan tadbirda faol ishtirok etish uchun loyiha maqsadlarini qo’llab-quvvatlashlari kerak. Ishtirokchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlariga yevrokomissiya loyiha tadbirlarida rejalashtirilgan va oldindan kelishib olingan ishlarni bajarish uchun jalb etilgan xodimlarni moliyaviy tomondan qo’llab-quvvatlaydi.

         UZHELTH loyihasini asosiy maqsadi:

- O’zbekiston hukumati va oliy o’quv yurtlarini amaldagi keyingi sog’liqni saqlashni holati, sog’liqni saqlash soxasida  band bo’lgan kadrlarni tayyorlash, veterinariya hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash darajasini yaxshilashni qo’llab-quvvatlash;

- Barcha ta’lim jarayonlarida (qisqa, bakalavriyat, magistratura, doktarantura) sog’liqni saqlash soxasi uchun puxta bilimli yondashuvdan foydalangan holda ta’lim dasturini ishlab chiqish yoki amalga oshirish;

- Normativlarga mos keladigan dasturlar bilan ta’minlovchi qonunchilikni rag’batlantirish;

- Sog’liqni saqlash masalalarini hal qilishda samarali qatnashish maqsadida ham nazariy tayyorgarlik ham amaliy ko’nikmalarni oshira borib tibbiy o’quv yurtlari bitiruvchilari (hamshiralar, feldsherlar va shifokorlar) malakasini oshirish;

- Turli darajadagi veterinariya sog’liqni saqlash bilan band bo’lgan xodimlarni tayyorlash darajasini oshirish;

- Turli darajadagi oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligini ta’minlash soxasida band bo’lgan xodimlarni tayyorlash darajasini oshirish;

- Sog’liqni saqlash soxasi bilan bog’liq barcha  ishlarda band bo’lganlarni umumiy parametrlarda ularni samarali hamkorlik va ishlanmalarini ta’minlash uchun mustahkam platformasini yaratish;

- Barcha ishtirokchi tomonlar uchun sog’liqni saqlashni dolzarb muammolarini koordinatsiyalash va aniq vaqtda javob qaytarishga imkon beruvchi umumiy axborot tizimini ishlab chiqish;

- Boshqa mamlakatlar va regionlar singari o’z kuchini birlashtirgan xolda dasturlarni ishlab chiqish xamda amalga oshirishni koordinasiyalash.