Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Janubiy Koreyaning Ajou Universiteti o'rtasida o'zaro anglashuv va hamkorlik to'g'risidagi Memorandum imzolandi.
Aprel 23 kuni Ajou universiteti prezidenti - professor Pak Xyong Ju (Park Hyeong Ju), universitetning tibbiyot ishlari bo’yicha vitse-prezidenti va Ajou universiteti kasalxonasi direktori - professor Hyu Syug Roy (Hee Sug Ryu), Ajou universiteti vitse-prezidenti - professor Tu Xisuk, Xalqaro tadqiqotlar bo'limining professori – Cho Jung Hun (Cho Zhung-hoon) va universitet professorlari - Kvon Yong Jin va Kvon Sun Zhong lardan iborat Ajou universiteti (Koreya) delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Ushbu tashrif doirasida Toshkent shahrida Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti rektori, professor B.T. Daminov va Ajou universiteti prezidenti - professor Pak Xyong Ju (Park Hyeong Ju) uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuv boshida B.T. Daminov institut nomidan Koreya Respublikasi delegatsiyasi bilan salomlashdi: "Hurmatli mehmonlar xush kelibsiz. Sizlar bilan uchrashganimizdan mamnunmiz. Biz, ushbu birinchi uchrashuvimiz samarali hamkorlik uchun asos bo'ladi, deb umid qilamiz". Hamkorlik to'g'risida so'z yuritib, B.T. Daminov Koreya Respublikasining tibbiyot va sog'liqni saqlash sohasidagi erishilgan yutuqlari butun dunyoda tan olingan, deb ta'kidladi.
Javoban, Pak Xyong Ju Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti rahbariyati hamkorlikga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi va ToshPTI - Markaziy Osiyo mintaqasida eng nufuzli tibbiy oliy ta’lim muassasalardan biri, qolaversa Markaziy Osiyoda pediatrlarni tayyorlovchi yagona o'quv yurti deb qayd etdi. Shuningdek, Janubiy Koreya universitetining rahbari taklif etilgan barcha yo'nalishlar bo'yicha hamkorlik koreys va o'zbek oliygohlarining klinikalari va markazlari vrachlari uchun samarali bo'lishiga umid bildirdi.
Uchrashuv davomida o'zaro hamkorlikning istiqbollari va imkoniyatlari, tajriba, talabalar va o'qituvchilar almashish muhokama qilindi.
Tashrif yakunida tomonlar tibbiy ta'lim sohasida o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo’yish bo’yicha kelishib oldilar, va Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti va Ajou universiteti (Ajou universiteti, Koreya) o'rtasida anglashuv va hamkorlik to’g’risidagi Memorandumi imzolandi.
Universitetlar quyidagi yo'nalishlarda hamkorlikni amalga oshiradilar: birgalikda tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish; tadqiqot infrastrukturasidan foydalanish; o'quv rejalari va ilmiy axborot almashish; ikki tomonlama qo'shma simpoziumlar, seminarlar va konferentsiyalarni tashkil etish; o'quv dasturlarini o'rganish uchun talabalarni almashish; aspirantlar uchun ixtisoslashtirilgan va murakkab dasturlarni o'tkazish.
Ushbu Memorandumning imzolanishi tibbiyot sohasida ilmiy-tadqiqot va tibbiy ta'limning eng zamonaviy xalqaro tajribasini targ'ib qilishga yordam beradi. Hamkorlik, tibbiy ta'limning yuqori sifat standartlariga erishish maqsadida, birgalikdagi ta'lim dasturlari va ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, akademik mobilliklni rivojlantirishni o'z ichiga oladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar esdalik sovg'alari bilan almashib, o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga umid bildirdilar.
Ma'lumot uchun: Ajou universiteti Janubiy Koreyaning eng yaxshi 12 ta oliy o'quv yurtlaridan biri va Koreya Respublikasidagi yirik tibbiyot universitetlari orasida 5-chi o’rinni egallaydi. Ajou universiteti ilmiy tadqiqotlarning yuqori darajasi tufayli, tibbiyot fanlari sohasida etakchi oliy o'quv yurtlaridan biri sifatida tan olingan. Ajou o'zining innovatsion xalqaro dasturlari va chet ellik talabalarni qo'llab-quvvatlayotganligi uchun dunyoda keng tan olingan, va 58 mamlakatning 200 dan ortiq universitetlari bilan hamkorlik o’rnatgan. Ajou universiteti tibbiyot yo'nalishi ichiga Tibbiyot maktabi, Hamshiralik maktabi, Universitet Kasalxonasi va Istiqbolli tibbiy tadqiqotlar instituti kiradi.
Ajou universiteti tibbiy ta’lim, klinik ko’nikmalarni o’rgatish va simulyatsion ta'lim, sog'liqni saqlash tizimini boshqarishda va innovatsion takomillashtirish sohalarida ham xalqaro obro'ga ega.
Etakchi xalqaro universitet bilan anglashuv va hamkorlik to'g'risidagi Memorandumi imzolanishi tufayli, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti xalqaro strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqdi.