2019 yil 16 aprel kuni ToshPTI innovatsiya markazida Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA)ning volontyorlik dasturi bo’yicha koordinatorlari – Odilxon Hasanov va Kamidate Bunsei bilan uchrashuv o’tkazildi. Ushbu uchrashuvda “JICA”ning volontyori, yuqori malakali injener va axborot texnologiyalari bo’yicha mutaxassis – janob Mori Yasuyukining ToshPTI innovatsiya markazida volontyorlik faoliyatini tashkillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Innovatsiya markaziga volontyor haqida qisqacha ma’lumot berildi, shuningdek volontyorning batafsil ma’lumotlari keltirilgan rezyumesi taqdim etildi. Tomonlar o’zaro manfaatdorliklarini bildirdilar, qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Uchrashuvda innovatsiya markazi va volontyor janob Mori Yasuyuki o’rtasida bevosita uchrashuv tashkillashtirish muhimligi ta’kidlab o’tildi.
Kelishuvga ko’ra, “JICA” volontyori - janob Mori Yasuyuki ToshPTI innovatsiya markazida volontyorlik faoliyatini 2019 yil 6 may kuni boshlaydi.