2019 yil 15 apreldan 19 aprelgacha ToshPTI Innovatsiya Markazida CRM tizimlari va Loyiha boshqaruvi bo’yicha malaka oshirish kursi olib borildi.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti farmoyishiga binoan 2019 yil 15 apreldan 19 aprelgacha ToshPTI Innovatsiya Markazida institut o’qituvchi va professorlari uchun CRM tizimlari va Loyiha boshqaruvi bo’yicha malaka oshirish kursi olib borildi.

IMG1

O’quv treningida institut professor-o'qituvchilari elektron hukumat, interaktiv portal va boshqa AKT sohasidagi ilg’or yo'nalishlarni qo’llagan holda ta'lim tizimi va tashkiliy ishlarini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan va ToshPTI da tadbiq etilgan veb-platformalar bilan tanishdilar, ushbu platformalardan qanday to'g'ri foydalanish kerakligi haqida batafsil o’qitildilar va zarur o'quv materiallari bilan ta'minlandilar.

IMG2 

Shu bilan birga, treningda o’qituvchilarga Nirvana, sensorlar va boshqalar kabi Techreh2018 loyihasi doirasida tibbiyot va reabilitatsiya sohasiga tadbiq etilayotgan innovatsion texnologiyalarning ba’zi namunalari taqdim etildi. Ushbu texnologiyalar, ularning imkoniyatlari va afzalliklari, ularni qayerda va qaysi hollarda qo’llash mumkinligi haqida batafsil bilib olishdilar. Ularni amaliyotda qanday qo’llanilishi tushintirildi va ko’rsatib berildi. 

IMG3

Shuningdek, professor-o'qituvchilar Erasmus+ Yevropa ittifoqi komissiyasi xalqaro loyihalari haqida batafsil ma'lumotga ega bo'ldilar, xalqaro ta'lim standartlari, ularning imkoniyatlari, afzalliklari va talablari bilan tanishdilar. O'qituvchilar xalqaro kredit uchun musobaqalarda, salohiyatni oshiruvchi loyihalarda ishtirok etish masalalari bo'yicha barcha savollarga javob oldilar.  Trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar beriladi.