JICAning yangi volontyori ToshPTI innovatsiya markazida faoliyatini boshlashi munosabati bilan, 2019 yil 7 may kuni ToshPTI innovatsiya markazida Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA)ning volontyorlik dasturi bo’yicha koordinatorlari – Odilxon Hasanov, Kamidate Bunsei, shuningdek JICAning volontyori, yuqori malakali injener va axborot texnologiyalari bo’yicha mutaxassis – janob Mori Yasuyuki bilan uchrashuv o’tkazildi.
Ushbu uchrashuvda JICAning volontyori – janob Mori Yasuyukining ToshPTI innovatsiya markazida volontyorlik faoliyatini tashkillashtirish masalalari muhokama qilindi. Janob Mori Yasuyuki o’zi haqida ma’lumot berdi, hamda ToshPTI innovatsiya markazi xodimlari bilan, faoliyat uchun ajratilgan xona va shart-sharoitlar bilan tanishtirildi, shuningdek qiziqtirgan barcha savollariga javob oldi.
Kelishuvga ko’ra, JICA volontyori - janob Mori Yasuyuki ToshPTI innovatsiya markazida volontyorlik faoliyatini 2019 yil 7 may kunidan boshlaydi.