ToshPTIda zamonaviy elektron interaktiv doskalarni ishlatish bo’yicha o’quv treningi o’tkazildi

2019 yil 15 noyabrda Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutida “Universitet 3.0” konsepsiyasiga o’tish strategiyalarini amalga oshirish doirasida, institutning ma’ruza zallari va o’quv xonalarida o’rnatilgan zamonaviy elektron interaktiv doskalarni ishlatish bo’yicha o’qituvchi va professorlar uchun Innovatsiya Markazi xodimlari tomonidan o’quv treningi o’tkazildi.   

IMG_4327

Treningda o’qituvchilarga interaktiv doskani kompyuterga ulash va ishni boshlash, uning asosiy imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Qurilmani yoqish va uni ishlatish jarayonlarining asosiy qismlari haqiqiy interaktiv doskada ko’rsatib berildi.

IMG_4344            IMG_4360

Trening so’ngida o’qituvchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar, shuningdek ushbu yangi qurilmani sinovdan o’tkazib ko’rish imkoniyatiga ega bo’ldilar.