Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari Kompleksining Tayanch O’quv Markazida
2014-yil 3-7 noyabr kunlari tashkil etilgan “Tibbiyot sohasida ilg’or kompyuter va internet texnologiyalari, zamonaviy tibbiyot kommunikatsion texnologiyalari”, 12 soatlik kurs
Kursning birinchi guruh mutaxassislari soni 15 nafardan iborat bo’lib, dars davomida 13 nafar mutaxassislar qatnashdi. Mutaxassislar O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligidan, Toshkent shahar SSBB dan, Toshkent viloyat SSBB dan jalb etilgan. 5 kunlik kursni 4 ta trener olib bordi. Ular: Q.Tursunboyev, S.Nurxodjayev, A.Omonov, S.Shokirov. O’quv dasturining mazmuni quyidagilardan iborat: “Kompyuter va uning information ta’minoti”, “Kompyuter tarmog’i va uning imkoniyatlari”, “Internet tarmog’ining asosiy tushunchasi bilan tanishuv”, “Aloqa vositalari va mobil qurilmalarni ishlatish”. O’quv dasturining baholash me’zoni: 20% davomat, 10% masofaviy ta’lim tizimi va 70% yakuniy test natijalaridan iborat.
O’quv dasturining birinchi kuni qatnashchilardan bilim darajasini aniqlash maqsadida boshlang’ich test (Pre test) o’tkazildi. Dars davomida ularga so’rovnama (Access survey) tarqatildi. 6-noyabr kuni O’quv markaziga tinglovchilariga yanglik maqsadida “CLICK” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan plastik kartadan mobil telefon orqali foydalanish haqida ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar o’tilib, barcha imkoniyatlar haqida tushuntirish ishlari olib borildi. O’quv dasturining oxirgi kunida ham yakuniy test (Post test) olindi. Kurs yakunida so’rovnoma (Evaluation survey) olindi, so’rovnomada mutaxassislar o’zlarining o’quv jarayoni haqida ijobiy fikrlarini yozib bildirishdi. Yakuniy testda qatnashganlar bilim darajalari bilan o’z ballariga ega bo’lishdi. Masofaviy ta’lim tizimi bo’yicha natijalar 98% dan 55 % gacha, Yakuniy test natijalari 95% dan 63% gacha, Mutaxassislarning davomati 100% dan 70% gacha bo’ldi. Kurs mobaynida qatnashgan 13 nafar mutaxassislar Tayanch O’quv Markazi tomonidan munosib taqdirlanib ularga Sertifikatlar topshirildi.