2015-yil 6-17 aprel kunlari ToshPTI IMda 36 soatlik kurs bo’lib o’tdi

TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI QOSHIDAGI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING SOG’LIQNI SAQLASH, EKOLOGIYA VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH MASALALARI KOMPLEKSINING

TAYANCH O'QUV MARKAZI

1-Guruh

2015-yil 6-17 aprel kunlari tashkil etilgan “Tibbiyot sohasida ilg’or kompyuter va internet texnologiyalari, zamonaviy tibbiyot kommunikatsion texnologiyalari” bo’yicha 36 soatlik kurs (7,8,10 modullar) bo'lib o'tdi.

 

                2015-yil 6-17 aprel kunlari Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti Innovatsiya Markazida “Tibbiyot sohasida ilg’or kompyuter va internet texnologiyalari, zamonaviy tibbiyot kommunikatsion texnologiyalari” bo’yicha 36 soatlik kurs bo’lib o’tdi. Kursning  birinchi guruh mutaxassislari  soni 30 nafardan iborat. Mutaxassislar O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligidan, Toshkent shahar Sog’liqni saqlash Bosh boshqarmasidan, Toshkent viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasidan va Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti  professor-o’qituvchilari jalb etildi. 10 kunlik kursni 3 ta trener olib bordi. Ular: I.P.Vixrov, Q.N.Tursunboyev, A.A.Omonov. Mutaxassislar 10 kunlik o’quv kurs davomida 8,7,10 modullarni o’rgandilar. O’quv dasturi modullarining mazmuni quyidagilardan iborat: 8-modul: “Elektron jadval ustida ishlash”, 7-modul: “Matn ustida ishlash va ishlov berish”, 10-modul: “Prezentatsiya (Taqdimot) ustida ishlash”. O’quv dasturining baholash me’zoni: 20%  davomat, 10% masofaviy ta’lim tizimi va 70% yakuniy test natijalaridan iborat.

 

 

IMG_4975_  IMG_4938_

              O’quv dasturining birinchi kuni qatnashchilardan bilim darajasini aniqlash maqsadida boshlang’ich test (Pre test) o’tkazildi. Dars davomida ularga kompyuter va internet texnologiyalaridan qay darajada foydalanishlarini bilish uchun so’rovnama (Access survey) tarqatildi.  So’rovnoma natijalariga ko’ra mutaxassislarning 100% kompyuterlari mavjud va  inretnetga ulangan, 54% ish joylarida kompyuterlar mavjudligi aniqlandi. O’quv jarayonida qiziqarli video mashg’ulotlar, boshqotrmalar o’tildi, har bir modul qiziqarli topshiriqlar bilan olib borildi. O’quv dasturining oxirgi kunida ham yakuniy test (Post test) olindi. Kurs yakunida  mutaxassislarga o’qish jarayoni qanchalik maqul kelgani, yutuq kamchiliklari haqida so’rovnoma (Evaluation survey) olindi, so’rovnomada mutaxassislar o’qish jarayonini yana davom ettirishni 100%, dars jarayoni samarali olib borilganlini 81% da mutaxassislar baholashdi va o’zlarining o’quv jarayoni haqida ijobiy fikrlarini yozib bildirishdi. Yakuniy testda qatnashganlar bilim darajalari bilan o’z ballariga ega bo’lishdi. Kursni muvffaqiyatli yakunlagan mutaxassislar Tayanch O’quv Markazi tomonidan munosib taqdirlanib ularga Sertifikatlar topshirildi.

 

IMG_4970_