2015-yil 4-15 may kunlari ToshPTI IMda 36 soatlik kurs bo’lib o’tdi

TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI QOSHIDAGI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING SOG’LIQNI SAQLASH, EKOLOGIYA VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH MASALALARI KOMPLEKSINING

TAYANCH O'QUV MARKAZI

2-Guruh

 

2015-yil4-15 may kunlari tashkil etilgan “Tibbiyot sohasida ilg’or kompyuter va internet texnologiyalari, zamonaviy tibbiyot kommunikatsion texnologiyalari” bo’yicha 36 soatlik kurs (7,8,10 modullar)

 

                O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi №247  qarori “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sog’liqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari Kompleksining Tayanch O’quv Markazida” 2015-yil 4-15 may  kunlari o'quv guruhi.

                Kursning  ikkinchi guruh mutaxassislari  soni 25 nafardan iborat. Mutaxassislar O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligidan, Toshkent shahar Sog’liqni saqlash Bosh boshqarmasidan, Toshkent viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasidan va Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti  professor-o’qituvchilari jalb etildi.

15.05.2015

 

                10 kunlik kursni 2 ta trener olib bordi. Ular: I.P.Vixrov,  A.A.Omonov. Mutaxassislar 10 kunlik o’quv kurs davomida 8,7,10 modullarni o’rgandilar. O’quv dasturi modullarining mazmuni quyidagilardan iborat: 8-modul: “Elektron jadval ustida ishlash”, 7-modul: “Matn ustida ishlash va ishlov berish”, 10-modul: “Prezentatsiya (Taqdimot) ustida ishlash”. O’quv dasturining baholash me’zoni: 20%  davomat, 10% masofaviy ta’lim tizimi va 70% yakuniy test natijalaridan iborat.

                O’quv dasturining birinchi kuni qatnashchilardan bilim darajasini aniqlash maqsadida boshlang’ich test (Pre test) o’tkazildi. Dars davomida ularga kompyuter va internet texnologiyalaridan qay darajada foydalanishlarini bilish uchun so’rovnama (Access survey) tarqatildi.  O’quv jarayonida qiziqarli video mashg’ulotlar, boshqotrmalar o’tildi, har bir modul qiziqarli topshiriqlar bilan olib borildi.

15.05.2015

 

                So’rovnoma natijalariga ko’ra mutaxassislarning 100% kompyuterlari mavjud va  inretnetga ulangan, 90% ish joylarida kompyuterlar mavjudligi aniqlandi. O’quv dasturining oxirgi kunida ham yakuniy test (Post test) olindi. Kurs yakunida  mutaxassislarga o’qish jarayoni qanchalik maqul kelgani, yutuq kamchiliklari haqida so’rovnoma (Evaluation survey) olindi, so’rovnomada mutaxassislar o’qish jarayonini yana davom ettirishni 90%, dars jarayoni samarali olib borilganlini 100% da mutaxassislar baholashdi va o’zlarining o’quv jarayoni haqida ijobiy fikrlarini yozib bildirishdi. Yakuniy testda qatnashganlar bilim darajalari bilan o’z ballariga ega bo’lishdi. Kursni muvffaqiyatli yakunlagan mutaxassislar Tayanch O’quv Markazi tomonidan munosib taqdirlanib ularga Sertifikatlar topshirildi.

 15.05.2015..