TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI QOSHIDAGI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING SOG’LIQNI SAQLASH, EKOLOGIYA VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH MASALALARI KOMPLEKSINING
TAYANCH O'QUV MARKAZI
3-Guruh
2015-yil 1-5 iyun kunlari tashkil etilgan “Tibbiyot sohasida ilg’or kompyuter va internet texnologiyalari, zamonaviy tibbiyot kommunikatsion texnologiyalari” bo’yicha 48 soatlik kurs (6, 7, 8 va 10 modullar)
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi №247 qarori “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sog’liqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari Kompleksining Tayanch O’quv Markazida” 2015-yil 1-5 iyun kunlaridagi o’quv guruhi. Kursning uchinchi guruh mutaxassislari soni 22 nafardan iborat bo’lib, Respublikaning barcha viloyatlaridan jalb etilgan.
5 kunlik kursni 3 ta trener olib bordi. Ular: I.P.Vixrov, A.A.Omonov, Q.N.Tursunbayev. Mutaxassislar 5 kunlik o’quv kurs davomida 6,7,8,10 modullarni o’rgandilar. O’quv dasturi modullarining mazmuni quyidagilardan iborat: 6-modul: “Kompyutel bilan ishlash”, 7-modul: “Matn ustida ishlash va ishlov berish”, 8-modul: “Elektron jadval ustida ishlash”, 10-modul: “Prezentatsiya (Taqdimot) ustida ishlash”. O’quv dasturining baholash me’zoni: 20% davomat, 10% masofaviy ta’lim tizimi va 70% yakuniy test natijalaridan iborat.
O’quv dasturining birinchi kuni qatnashchilardan bilim darajasini aniqlash maqsadida boshlang’ich test (Pre test) o’tkazildi. Dars davomida ularga kompyuter va internet texnologiyalaridan qay darajada foydalanishlarini bilish uchun so’rovnama (Access survey) tarqatildi. O’quv jarayonida qiziqarli video mashg’ulotlar, boshqotrmalar o’tildi, har bir modul qiziqarli topshiriqlar bilan olib borildi.So’rovnoma natijalariga ko’ra mutaxassislarning 100% kompyuterlari mavjud va inretnetga ulangan, 90% ish joylarida kompyuterlar mavjudligi aniqlandi.
O’quv kurs so’ngida IBM kompaniyasi mutaxassisi integratsiya bo’yicha muhandis Azizjon Saliyev taklif qilingan edi.
WATSON sog’liqni saqlash tizimida istiqbolda foydalanishda juda katta taasurot qoldirdi, shunday qilib WATSON uchta katta biznes platformasiga bo’linadi: Maslaxatchi masalalar bo’yicha kashfiyotchi Watson (Watson Discovery Advisor), Watson Tahlili (Watson Analytics) va Tadqiqotchi Watson (Watson Explorer). Watson Discovery Advisor: mujassamlangan ilmiy tadqiqotlar, farmaseftika sanoatida, matbuot hamda biotexnika sohalarida ish olib boradi. Watson Analytics: o’zining ulkan jami ma’lumotlarini ko’z bilan qarab to’g’irlaydi, bundan tashqari har xil biznes tarkiblari bo’yicha aloqa yo’llarini tabiiy tilga o’zining diqqatini qaratadi. Watson Explorer har xil korxonalarga yordam berish uchun, hamda hamkorlikda foydalanish bilan erishiladigan natijalar. Shuningdek kurs tinglovchilarida Aziz Saliyevning taqdimoti so’ngida juda katta qiziqish uyg’ondi va savol javoblarda faol qatnashishdi.
O’quv dasturining oxirgi kunida ham yakuniy test (Post test) olindi. Kurs yakunida mutaxassislarga o’qish jarayoni qanchalik maqul kelgani, yutuq kamchiliklari haqida so’rovnoma (Evaluation survey) olindi, so’rovnomada dars jarayoni samarali olib borilganlini 100% da, mutaxassislar o’qish jarayonini yana davom ettirishni 90% da baholashdi va o’zlarining o’quv jarayoni haqida ijobiy fikrlarini yozib bildirishdi. Yakuniy testda qatnashganlar bilim darajalari bilan o’z ballariga ega bo’lishdi. Kursni muvffaqiyatli yakunlagan mutaxassislar Tayanch O’quv Markazi tomonidan munosib taqdirlanib ularga Sertifikatlar topshirildi.