8 iyun 2015 yil soat 16:30 da Innovatsiya Markazida
JICA tashkiloti mutaxassislari: Volontyor dasturi bo’yicha koordinator Odilxon Xasanov, Volontyor dasturi bo’yicha koordinator Kameda Xaruo va Islom universitetida faoliyat yuritayotgan Jica tashkiloti volontyori. Innovatsiya Markazidan: Innovatsiya Markazi direktori Sherzod Ashirbayev, Innovatsiya Markazi yetakchi mutaxassisi hamda koordinatori Igor Vixrov va Innovatsiya Markazi yetakchi mutaxassisi Sevara Abduraxmonovalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda JICA tashkiloti bilan hamkorlik xususida, institutda AKT sohasida olib borilayotgan loyihalar xususida suhbat yuritildi.
Asosiy maqsad JICA tashkiloti tomonidan institutimizga AKT sohasida Yaponiyalik mutaxassisini jalb jalb etish bo’ldi.
Institut tomonidan volontyorni jalb etish uchun berilgan takliflar atroflicha o’rganib chiqildi.