ToshPTI EC Erasmus+ ning TECHREH moliyaviy maqullangan loyihasini qo’lga kiritdi
515 dan ziyod tushgan buyurtmalar ichidan Qo’mita tomonidan mablag’ bilan ta’minlashda tavfsiya etish uchun 140 loyihalar tanlab olindi, shu jumladan 12ta O’zbekiston OTMlari qatnashgan loyihalar, ulardan 4 tasi milliy loyihalar, 7 tasi Markaziyi Osiyo davlatlari OTMlari bilan hamkorlikda, 1tasi Rossiya davlati OTMlari bilan birgalikdagi loyihalardir. Markaziy Osiyo davlatlari uchun moliyalashtirishga tavsiya etilgan loyihalar soni 23tani tashkil etdi. https://eacea.ec.europa.eu/sites/eacea-site/files/eplus-cbhe-selection-results-by-region.pdf
TECHREH Erasmus+ loyihasi ToshPTI va uning yurtimizdagi hamkorlari ToshPTI Nukus filiali, TATU va uning Qarshi filiali, shuningdek nodavlat o’quv hamkor sifatida O’ROvaO’MTV va RIIATM va tibbiy reabiliatsiya (Semashka nomidagi) Markazi orqali malga oshiriladi.. Loyihaning asosiy vazifasi – magistrik kurslar yaratish va reabilitasiya sohasida ilg’or axborot texnologiyalari qo’llash. Loyiha faoliyatining boshlanishi – 15 oktabr 2015 yil.
Shuni xabar qilamizki, ToshPTI Innovatsiya Markazi loyiha tayyorlash va rasmiylashtirishda ishtirok etgan barchaga o’z minnatdorchiligini bildiradi, hamda loyiha bo’yicha hamkasblarni navbatdagi yangi yutuqlar bilan tabriklaydi.