ILMIY AXBOROTLARDAN FOYDALANISH VA MUALLIFLARNING NASHR ETISH FAOLLIGI

ILMIY AXBOROTLARDAN FOYDALANISH VA MUALLIFLARNING NASHR ETISH FAOLLIGI

1-Milliy ilmiy-ta’limiy forum

2016-yil 24 mart kuni O’zbekistonda o’tkazilayotgan Forum (2016 yil 23-25 mart) doirasida Toshkent Pediatriya Tibbiyot institutining Innovatsiya Markazida tibbiyot o’liy ta’lim muassalariga “Usta qobilyatlari”(Mastes klass) tadbiri o’tkazildi. Tadbirda tadbir tashkilotchilari ToshPTI rektori professor B.T Daminov, ProQuest, “YAJ KONEK” va “Elaynpress” kompaniya vakillari so’zga chiqdilar. Tadbirning maqsadi O’zbekiston Respublikasi tibbiyot sohasidagi oliy ta’lim muassasalarda llmiy tadqiqot ishlari sifatini va mualliflarning nashr etish faolligini oshirish maqsadida tadbir qatnashchilariga dunyo mamlakatlarining ilmiy-ta’lim axborot manbalari bilan tanishtirish hamda ularni yuqori reytingga ega bo’lgan nashriyot jurnallarida chop etish imkoniyatlari yuzasidan “Usta qobilyatlari” (Master klass) o’tkazildi. Maqsadli guruh sifatida tibbiyot sohasidagi oliy ta’lim muassasalari hamda Sog’liqni Saqlash Vazirlik tizimidagi tibbiyot kutibxona vakillari taklif etildi.

 1-24.03.2016

Muzokaralar uchun ToshPTI ilmiy bo’limi bilan kelishilgan holda quyidagi mavzular tanlab olindi:

  • Milliy ilmiy ta’lim muassalarning 2016 yilda ProQuest manbalaridan foydalanishning imkoniyati.
  • Ilmiy nashrlar hamda doktorlik disertatsiyalarni sifatini va samardorligini oshirish.
  • Ilmiy-o’lchamlar. Ilmiy-o’lchamli asbob-uskunalar va ularni O’zbekistondagi rivoji.

 2-24.03.2016

YAK “KONEK” kompaniyasining manbalar departament deriktori hamda Pro Quest kompaniyasining MDH davlatlariga rasmiy vakilli Elena Aleksandrovna Eroninоva “Usta qobilyatlari” (Master klass) sifatida ProQuest “Ma’lumotlar bazasi ProQuest Dissertations & Theses mavzular to’liqligi va manbaning faolligi, O’zbekiston olimlarining ilmiy ishlarini nashr etish loyihasi” haqida taqdimot o’tkazdilar.

 3-24.03.2016

Tadbir “Usta qobilyat” (Master klass) yuqori darajada o’tkazildi shu bilan birga bir qator savollar berilishi natijasida qiziq muzokaralarga sabab bo’ldi. Shunindek qatnashuvchilar kelgusida tibbiyot sohasidagi elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalangan holda muntazam ravishda mavzular bo’yicha chuqurlashgan trening seminarlar o’tkazish yuzasidan kelishib olishdi.