2016 yil 14 may kuni ToshPTI da “Interaktiv Xizmatlar portali” (my.tashpmi.uz) bo’yicha trening-seminar tadbiri bo’lib o’tdi

2016 yil 14 may kuni  ToshPTI da “Interaktiv Xizmatlar portali” (my.tashpmi.uz) bo’yicha trening-seminar tadbiri bo’lib o’tdi

2016 yil 14 yanvarda ToshPTI  “Interaktiv Xizmatlar portali” (my.tashpmi.uz) ma’muriyati bilan kelishilgan holda interaktiv xizmatlar, murojaatlar va so’rovlar bilan ishlash jarayoni boshlanadi. Tadbir munosabati bilan Innovatsiya Markazi tomonidan portal foydlanuvchilarga va ma’mur foydalanuvchilarga mo’ljallangan o’quv metodik qo’llanmalar, video qo’llanmalari tayyorlandi. Shuningdek ToshPTI ma’sul xodimlarni portal (my.tashpmi.uz) yuzasidan o’qitish ishlari bo’yicha chora tadbir va tarmoq jadvali ishlab chiqildi.

 14.05.2016_1

Chora tadbirga asosan 2016 yil 14 may kuni  ToshPTI Innovatsiya Markazida ToshPTI ma’sul rahbar, bo’lim boshliqlar, xodimlar uchun “Interaktiv Xizmatlar portali” (my.tashpmi.uz)dan foydalanish va xizmatlarni yuritish yuzasidan o’quv-trening kursi bo’lib o’tdi. O’quv-trening kursida 11 ta xodim shu jumladan rahbar, bo’lim boshliqlari va ma’sul xodimlari qatnashishdi. O’quv-trening kursini 2 ta trener olib bordi: Sh.P.Ashirbaev, D.Sh.Fayzullayev.

 14.05.2016_2

O’quv-trening jarayonida Interaktiv Xizmatlar portalidan foydalanish va uni imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar aks ettirilgan taqdimot o’tkazildi. Shunindek xizmatlarni yurutishga ma’sul bo’lgan xodimlarining portal xizmat kabinetini ishlatish tartiblari bilan tanishtirib o’tildi. Shu bilan birga Interaktiv Xizmatlar portal kabinetlarida ishlash jarayonlarini online tarzda amaliy mashg’ulot yordamida ko’rsatib o’tildi.

 

14.05.2016_3

 

O’quv-trening jarayoni qizg’in savol-javoblarga boy bo’ldi, trening qatnashchilari o’zining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.