ToshPTIning Porto Universiteti bilan chuqurlashgan hamkorligi (Portugaliya)
2016 yil 24-iyun kuni Innovatisiya markazida ToshPTI rahbariyati Porto Universitet delegatsiyasi bilan uchrashuvini o’tkazdilar. Uchrashuvda kelishuv memorandumi imzolandi. Memorandum ikki oliy ta’lim muassasi hamkorligini rivojlantirish asosida tibbiyotning ilmiy amaliy sohalarida yangi takliflar va yangi loyihalar tayorlanadi.
Porto Universiteti delegatisyasini xalqaro aloqalar ishlari bo’yicha prorektori professor Marinyo Fatima boshchilik qildilar. Yeg’ilish davomida universitet haqida taqdimot o’tkazdilar. Shu bilan birga ToshPTI rahbariyatiga kelajakda hamkorlik yo’nalishlari haqida ma’lumot berdilar.
Shu takidlash joizki, ikki oliy ta’lim muassasalarining o’zaro hamkorligi 2 yil oldin Tempus UZHELTH loyiha doirasida boshlangan. Hamkorlik davrida ToshPTI vakillari Porto Universitetiga tashrif uyushtirib universitet faoliyati bilan tanishilgan. 2016 yil bahor oyida ToshPTI ning ikki vakili Porto Universitetiga 3 haftalik tashrif uyushtirildilar. Tashrif davrida jamoat sog’liq saqlash sohasida bilimlarga hamda chet el oliy ta’lim tajribasini o’rganib keldilar.
ToshPTI rektori, prof B.T.Daminov “institumiz doim hamkorlikga ochiq va ilmiy ishlar, ilmiy izlanishlar va talabalarni o’qitish sohalarida hamkorlik ishlarini boshlashga tayor” ekanliklarini ta’kidlab o’tdilar. Shu bilan birga ilmiy fan doktorlarini tayorlash haqida qiziq muhokamalar bo’ldi va muhokamalarning natijasida o’zaro tegishli va maqbul hamkorlik nuqtalari aniqlandi.