TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI QOSHIDAGI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING SOG’LIQNI SAQLASH, EKOLOGIYA VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH MASALALARI KOMPLEKSINING
TAYANCH O'QUV MARKAZI
2016-yil 21-25 Noyabr kunlari tashkil etilgan “Tibbiyot sohasida ilg’or kompyuter va internet texnologiyalari, zamonaviy tibbiyot kommunikatsion texnologiyalari” bo’yicha 48 soatlik kurs (1, 7, 8 va 9 modullar)
10-Guruh
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi №247 qarori “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sog’liqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari Kompleksining Tayanch O’quv Markazida” 2016-yil 21-25 noyabr kunlaridagi o’quv guruhi. Kursning o’ninchi guruh mutaxassislari soni 5 nafardan iborat bo’lib, ikkita (Qoraqalpog’iston Respublikasi va Qashqadaryo) viloyatlaridan jalb etilgan.
5 kunlik kursni 2 ta trener olib bordi: I.P.Vixrov, D.Sh.Fayzullaev. Mutaxassislar 5 kunlik o’quv kurs davomida 1,7,8,9 modullarni o’rgandilar. O’quv dasturi modullarining mazmuni quyidagilardan iborat: 1-modul: “Elektron hukumat”, 7-modul: “Kompyutel bilan ishlash”, 8-modul: “Matn ustida ishlash va ishlov berish”, 9-modul: “Elektron jadval ustida ishlash”. O’quv dasturining baholash me’zoni: 20% davomat, 10% masofaviy ta’lim tizimi va 70% yakuniy test natijalaridan iborat.
O’quv dasturining birinchi kuni qatnashchilardan bilim darajasini aniqlash maqsadida boshlang’ich test (Pre test) o’tkazildi. Dars davomida ularga kompyuter va internet texnologiyalaridan qay darajada foydalanishlarini bilish uchun so’rovnama (Access survey) tarqatildi. O’quv jarayonida qiziqarli video mashg’ulotlar, boshqotrmalar o’tildi, har bir modul qiziqarli topshiriqlar bilan olib borildi. So’rovnoma natijalariga ko’ra mutaxassislarning 100% kompyuterlari mavjud va inretnetga ulangan, 100% ish joylarida kompyuterlar mavjudligi aniqlandi. Bundan tashqari dars jarayonida mutaxassislarga “Yagona Interaktiv Davlat Xizmatlar Portali” imkoniyatlari, asosiy vazifalari va amaliy mashg’ulotlar bilan ishlash bo’yicha qiziqarli darslar olip borildi.
O’quv dasturining oxirgi kunida ham yakuniy test (Post test) olindi. Kurs yakunida mutaxassislarga o’qish jarayoni qanchalik maqul kelgani, yutuq kamchiliklari haqida so’rovnoma (Evaluation survey) olindi, so’rovnomada dars jarayoni juda samarali olib borilganlini 90% da, mutaxassislar o’qish jarayonini yana davom ettirishni 100% da baholashdi va o’zlarining o’quv jarayoni yuqori darajada tashkillashtirilgani, eng zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlangani haqida ijobiy fikrlarini bildirishdi va yozib qoldirishdi. Yakuniy testda qatnashganlar bilim darajalari bilan o’z ballariga ega bo’lishdi. Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan mutaxassislar Tayanch O’quv Markazi tomonidan munosib taqdirlanib ularga Sertifikatlar topshirildi.