Tibbiyotda nanotexnologiya

Tibbiyotda nanotexnologiya

19 dekabr kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutiga Webster (AQSh) universiteti professori To’raeva Nigora Nazarovna tashrif buyurdi. Shu kuni N.To’raeva boshchiligida professor-o’qituvchilar va magistrantlar uchun “Tibbiyotda Nanotexnologiya” bo’yicha seminar o’tkazildi.

19-12.2016

Seminar davomida nanotexnologiyaning kelib chiqish tarixi, foydalanish soxalari va afzalliklari haqida qiziqarli ma’lumotlar berib o’tildi. Jumladan, nanomateriallarni tarkibiy qismlari va tashkiliy tuzilmalari afzalliklari va ulandan tibbiyot va farmakoloyiyada foydalanish mumkin bo’lgan holatlar yuzasidan tushunchalar berildi.

Interaktiv tarzda olib borilgan ushbu seminar talabalarda chuqur qiziqish uyg’otdi va kelajakda nanotexnologiyalarni axborot kommunikatsiya texnologiyalariga tadbiq etish bo’yicha seminar tashkil etish yuzasidan talabalar takliflar bildirildi.

19.12.2016