“Elektron hukumat” mavzusidagi qisqa muddatli o’quv kursi

Elektron hukumatmavzusidagi qisqa muddatli oquv kursi

2017 yil 22-26 may kunlari ToshPTI Professor-o’qituvchilarini “Elektron hukumat” mavzusi bo’yicha malaka oshirish qisqa o’quv kursi o’tkazildi. Kursni murabbiy sifatida Igor Vixrov  va Kenichi Tezuka olib bordilar. Kursda O’zbekiston Respublikasi miqiyosida Elektron hukumatni rivojlanish asoslari, jahon tajribasi va ularning amaliyotlari mavzuning asosiy yo’nalishlari bo’lib xizmat qildi. Kursga ajratilgan vaqtning yarmi amaliyotga bag’ishlandi. Amaliyotda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, kommunal sohasi xizmatlar portali, milliy me’yoriy huquqiy baza portallari imkoniyatlaridan unumli foydalanish yuzasidan amaliyot o’tkazildi.

13-G (2)

O’quv kusr davomida Yapon xalqaro hamkorligi (JICA) tashkilotining AKT bo’yicha katta ko’ngilli xodimi Kenichi Tezuka Yaponiya Elektron Hukumati uning tuzilishi haqida va O’zbekiston Respublikasi Yaponiya tajribasi asosida Elektron Hukumat bilan bog’liqligi haqida qo’shimchalar va takliflar bo’yicha qisqa taqdimot bo’lib o’tdi. Dars jarayoni juda qiziqarli olib borildi.

 13-G (4)

70 ball va undan ortiq ball to’plagan o’quv kurs qatnashchilariga o’quv kursni mufoqiyatli tamomlaganlari haqida sertifikat taqdim etiladi.

O’quv kurs qiziq muhim savol javoblarga boy va interaktiv tarzda o’tkazildi. O’quv kurs so’ngida qatnashchilar tomonidan kurs yuzasidan ijobiy baho berildi.