2017 yilning 11-12 oktyabr kunlari YI eksperti, Sifatni Ta’minlash bo‘yicha Ispaniya Agentligining xalqaro bo‘limi boshligi Rafael Lavorining ishtirokida Sifatni ta’minlash bo‘yicha ikki kunlik seminar bo‘lib o‘tdi. Yevropa eksperti 2 kun davomida, YeI mamlakatlari, shu jumladan Ispaniyada ham sifatni ta’minlash masalalarini yoritdi.
O‘z navbatida, O‘zbekistonlik seminar qatnashchilari, o‘zlarining sifatni ham OO‘Yu lari ichidagi, shuningdek tashqi tarafdan baholash kabi, sifatni ta’minlash bo‘yicha o‘z tajribalari bilan bo‘lisha oldilar. O‘zbekistonda, oliy ta’limda sifatni ta’minlash masalalariga katta e’tibor beriladi. Shunday qilib, Xukumat tomonidan ikkita kalit hisoblangan normativ hujjatlar qabul qilingan.
Birinchi hujjat, kadrlarni tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish maqsadida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustivor masalalari, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash uchun zarur sharoitlarni yaratishga muvofiq – 2017 yilning 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PF-2909 “Oliy ta’lim tixzimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon bilan 2017-2021 yillarda Oliy ta’lim darajasini sifatli va tubdan takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash kompleks chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Va ikkinchi hujjat – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yilning 18 iyulidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi №515 qarori. Bu yerda, asosiy maqsad bo‘lib, ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish hisoblanadi.
Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimi oldida turgan asosiy masala bo‘lib, o‘z samaradorligi bo‘yicha Boloniya Deklaratsiyasini imzolagan YeI va boshqa mamlakatlarning sifatni ta’minlash tizimi birinchi o‘rinlardan birini egallovchi, xalqaro tajribani sinchkovlik bilan o‘rganish hisoblanadi. Shunday qilib, TAM, oliy ta’limda sifatni ta’minlashning Yevropa ko‘rsatmalari va Prinsiplari: nazariya va amaliyot, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limida sifatni ta’minlash shaxsiy strategiyasini ishlab chiqishni boshlash uchun salmoqli tadbirlardan biri bo‘lib qoldi.