Innovatsiya Markazi tomonidan ToshPTI AKT Taqsimot tizimi veb portalidan foydlanuvchilarga va ma’mur foydalanuvchilarga mo’ljallangan o’quv metodik qo’llanmalar tayyorlandi. Shuningdek ToshPTI markaz, bo’lim, kafedra va kurslariga ma’sul moddiy javobgar shaxslar veb portal (taqsimot.tashpmi.uz) yuzasidan o’qitish ishlari bo’yicha buyruq va farmoyish tayyorlandi.
2018 yil 27-28 aprel kunlari ToshPTI Innovatsiya Markazida ToshPTI markaz, bo’lim, kafedra va kurslariga ma’sul moddiy javobgar shaxslar uchun “ToshPTI AKT Taqsimot tizimi veb portali” (taqsimot.tashpmi.uz) dan foydalanish va xizmatlarni yuritish yuzasidan o’quv-trening kursi bo’lib o’tdi. O’quv-trening kursida barcha markaz, bo’lim, kafedra va kurslariga ma’sul moddiy javobgar shaxslari qatnashishdi. O’quv-trening kursini Innovatsiya Markazi direktori Sh.P.Ashirbaev olib bordi.
O’quv-trening jarayonida ToshPTI AKT Taqsimot tizimi veb portalidan foydalanish va uni imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar aks ettirilgan taqdimot o’tkazildi. Shuningdek xizmatlarni yurutishga moddiy javobgar shaxslar uchun veb portal xizmat kabinetini ishlatish tartiblari bilan tanishtirib o’tildi. Shu bilan birga ToshPTI AKT Taqsimot tizimi shaxsiy kabinetlarida ishlash jarayonlarini online tarzda amaliy mashg’ulot yordamida ko’rsatib o’tildi.