Ichki nazorat inspektsiya bo’limi 1997 yil tashkil etilgan. Bo’lim shtati 3 kishidan iborat bo’lgan: bo’lim boshlig’i - dots. Maxmudova L.U., va inspektorlar- Povolotskiy V.Sh., Sharipova M.K. Bo’lim o’z faoliyatini Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1996 yil 26 apreldagi 106-sonli buyruq bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq amalga oshirgan. 2001 yildan OO’MTVning 29.08.2001 yilgi 207-sonli burug’iga binoan bo’lim “Ichki nazorat va monitoring bo’limi” deb qayta nomlangan. 2002-2012 yillarda Ichki nazorat va monitoring bo’limi boshlig’i lavozimida dotsent, t.f.n. Daminova Malika Nasirovna faoliyat ko’rsatgan. Ushbu yillarda dotsent Axrarov X.X. – katta inspektor, Mexmonova N.U. - inspektor lavozimida faoliyat yuritishgan. 2010 yilda bo’lim boshlig’i lavozimiga, 2005 yildan beri bo’limda uslubchi lavozimida ishlab kelgan, t.f.n., dotsent Maxkamova G.G. tayinlangan.