“Har kunimiz Navro’z bo’lsin!”
2014 yil 20 mart kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida “Har kunimiz Navro’z bo’lsin!” shiori ostida bayram tadbiri o’tkazildi.
Bayram tadbirini Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari prorektori M.Axmedova ochdi va institut jamoasini hamda talaba-yoshlarni “Navro’z” umumxalq bayrami bilan muborakbod etdi.
Bayram tadbirida talabalar tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar, milliy ashula va raqslar, lapar va aytishuvlar namoyish etildi.
O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining amaliyotchi talabalari tomonidan Navro’z bayramiga bag’ishlangan sahna ko’rinishlari bilan barcha ishtirokchilar ko’nglini xushnud etishdi.
Bayram munosabati bilan bir guruh faol xodimlar va talabalarga institutning esdalik sovg’alari taqdim etildi.