Talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan uchun ijtimoiy-siyosiy tadbir tashkil etildi.

2019 yil 4 fevral kuni Talabalar turar joyida yashovchi talabalarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Yoshlar bilan bo‘yicha prorektor M.Axmedova, Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘limi boshlig‘i A.Xudayberdiev, Murabbiylar kengashi raisi, 1-Pediatriya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari S.Begmanov, 2-Pediatriya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Alimova, Axborot-resurs markazi xodimlari, TTJ tarbiyachi-pedagoglari M.Akbarova, B.Qurdoshev va O.Jumaev hamda barcha talabalar ishtirok etdi.

Kun tartibidagi mavzu bo‘yicha Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor M.Axmedova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasining mazmun-mohiyati va unda belgilangan asosiy ustuvor vazifalar to‘g‘risida taqdimotini namoyish qildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘limi boshlig‘i A.Xudayberdiev so‘zga chiqib, talabalarning siyosiy dunyoqarashini yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil 20-2 yanvar kunlari Germaniya Federativ respublikasiga qilgan davlat tashrifi tafsilotlari haqida hamda hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2019 yil 30-31 yanvar kunlari Jizzax viloyatiga qilgan tashrifining asosiy tafsilotlari haqida ma‘lumot berib o‘tdi.

2-Pediatriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Alimova so’zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faoliyati va funktsiyalari, “Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturi hamda institutda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma‘lumot berdi.

ARM xodimlari tomonidan so’zga chiqib, institutning zamonaviy axborot resurs markazida talabalarning kitob mutolaasi va kitobxonlik  madaniyati oshirishga xizmat qiluvchi yangi adabiyotlar va shart-sharoitlar haqida ma‘lumot berildi.

01

02

03

04

05

06

07

08