O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 17.01.2019 yildagi 87-03-283-sonli xatiga binoan, 2019 yil 5 fevral kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida “Tinchlik – oliy ne‘mat” va “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” kabi mavzularda davra suhbati va ma‘rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Musulmonlar idorasi vakili A.K.Mamatov, Yunusobod tumani IIB profilaktika inspektori podpolkovnik M.B.Raximov, Yunusobod tumani IIB xodimi serjant S.M.Umarovlar ishtirok etib kun tartibidagi mavzu bo‘yicha ma‘lumotlar berib o‘tdi.
Tadbirda diniy ekstremizm va terrorizm, uning salbiy oqibatlari, uning domiga tushib qolganlarning ayanchli taqdirlari misollar asosida tushuntirib o‘tildi hamda unga qarshi kurashishda yoshlarning ham o‘rni beqiyosligi ta‘kidlab o‘tildi. Tadbir qizg‘in bahs-munozara tarzida o‘tib, talaba-yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar olishdi.
Bu boradagi ishlarni davom ettirish, diniy ekstremistik harakatlar bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini talaba-o‘quvchilarga yanada chuqurroq tushuntirish va targ‘ib qilishga kelishib olindi.