Korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 28.01.2019 yildagi 87-02-83-sonli xatiga binoan, 07.02.2019 yilda institutda “Ta‘lim muassasalarida korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma‘naviy-ma‘rifiy asoslari” mavzusida uchrashuv-muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv-muloqotda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi eksperti, professor J.T.Shermuxamedova, O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi xodimi, polkovnik Sh.R.Kabulovlar “Ta’lim muassasalarida korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma‘naviy-ma‘rifiy asoslari” mavzusida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan jonli muloqot o‘tkazdi.

Mutaxassisilar korruptsiyaning mohiyati to‘g‘risidagi qarashlar, korruptsiyaning kelib chiqish sabablari va  mamalakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma‘lumotlar berildi.

Talabalar tomonidan berilgan ko‘plab savollarga mutaxassislar tomonidan  javoblar berildi.

DSC_0001

DSC_0003

DSC_0005

DSC_0011

DSC_0014

DSC_0058

DSC_0036

DSC_0039

DSC_0047

DSC_0067

DSC_0070