Barcha talabalar diqqatiga!
“Sog’lom bola yili” Davlat dasturining 29-bandiga asosan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida “Sog’lom bola yili” davlat dasturini men qanday tushundim” mavzusida insholar tanlovi o’tkazilishi boshlandi.
Tanlovning asosiy maqsadi-yoshlar tarbiyasida sog’lom turmush tarzi, uning jamiyatda tutgan o’rni va “Sog’lom bola yili” davlat dasturining faoliyatini targ’ib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularning iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlashdan iborat.
2014 yilning 23 apreliga qadar institut bosqichi o’tkaziladi va I-o’rinni egallagan talabalar Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Tanlovning Respublika bosqichi g’oliblari Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining maxsus diplomi, faxriy yorliqlari hamda quyidagi miqdorda pul mablag’lari bilan rag’batlantiriladi.
I-o’rin 300 000 (uch yuz ming) so’m;
II-o’rin 250 000 (ikki yuz ellik ming) so’m;
III-o’rin 200 000 (ikki yuz ming) so’m.
Ushbu tanlovda faol ishtirok eting va g’olib bo’ling!