2019 yil 29 mart kuni ToshPTIda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 10.01.2019 yildagi 87-03-132-sonli xatiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Oliy Majlis Sessiyalari materiallari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining mazmun-mohiyati tanishtirib borish bo’yicha ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi.
Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti “Mehnat huquqi” kafedrasi o’qituvchisi M.Karimjonov, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor M.A.Axmedova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i A.K.Xudayberdiev, 2-pediatriya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari M.M.Alimova, O’zbekiston yoshlar ittifoqi BT faollari va 200 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Muhammadamin Karimjonov kun tartibidagi mavzu bo’yicha professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirdi.